Sotib olingan xom ashyo yonilg`i va materiallar
|
|
Qo`shilgan qiymat
|
Ichki milliy mahsul ot
|
Jami ijtimoiy mahsulot
|
Amortizatsiya
|
Ish haqi
|
To`langan soliqlar va to`lovlar
(bahoga qo`yiladigan qismi)
|
foyda
|
|
Iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari (S)
|
Zaruriy mahsulot
(V)
|
Qo`shimcha mahsulot
(t)
|
|
|
Paxta ishlab chiqarish
|
40
|
30
|
30
|
20
|
20
|
100
|
140
|
Paxtani qayta ishlash
|
140
|
40
|
50
|
25
|
30
|
145
|
285
|
To`qimachi-lik
|
285
|
50
|
60
|
30
|
40
|
180
|
465
|
Tikuvchilik
|
465
|
45
|
50
|
35
|
30
|
160
|
625
|
Jami
|
930
|
165
|
190
|
110
|
120
|
585
|
1515
|
|
S=
|
1095
|
V=190
|
T= 230
|
585
|
1515
|
Bundan ko`rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni tashkil etadi, ichki milliy mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Lekin bu yerda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo`l qo`ymaslik uchun yalpi va ichki milliy mahsulotni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg`i va materiallar hisobga olinmaydi, faqat qo`shilgan qiymat hisobga olinadi, uning yig`indisi esa yalpi yoki ichki milliy mahsulot deb yuritiladi.
Yalpi va ichki milliy mahsulotlar haqida batafsil makroiqtisodiyot bo`limida tushuncha beramiz. Hozir esa milliy mahsulot va uning tarkibiga qisqacha to`xtalmoqchimiz.
Milliy mahsulot asosan ikki tarkibda, ya'ni natural buyumlashgan holda va qiymat tarkibida hisobga olinadi.
Ularning o`zgarishi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi dinamikasini aks ettiradi. Natural shakli bo`yicha milliy mahsulot ikki qismdan:
ishlab chiqarish vositalari.
iste'mol tovarlaridan tashkil topadi.
Qiymat jihatidan milliy mahsulot uch qismdan iborat bo`ladi, ya'ni:
Ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining, ya'ni ular qiymatining mahsulotga o`tgan qismi (S);
Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning zaruriy mehnat bilan ishlab chiqarilgan zaruriy mahsulot qiymati (V);
Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun qilingan qo`shimcha mehnat bilan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot qiymati (t) dan iboratdir.
Boshqacha aytganda :
MM= MS+SMMdan iborat bu yerda: MS-moddiy sarflar.
SMM-sof milliy mahsulot.
SMMyangidan yaratilgan qiymat bo`lib, u zaruriy mahsulotdan va qo`shimcha mahsulotdan iborat. Zaruriy mahsulot ishchi kuchini normal holatida saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo`lsa qo`shimcha mahsulot mulkdorlarga va tadbirkorlarga hamda davlatga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: |