Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘rish mumkin.
Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o‘sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot – ayriboshlash – iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.