Resurslarni tanqisligi holatida jamiyat ham o’z qarorini qabul qilishga majbur bo’ladi. U ham harajatlarni kamaytirish muammosiga duch keladi. U cheklangan resurslarini jinoiy ishlarga qarshi kurashish sohasigami yoki ta’lim sohasiga yo’naltirsinmi? Agar u har ikkisiga yo’naltiradigan bo’lsa, qanday xizmat va tovarlardan voz kechish evaziga bo’lishi mumkin? Sog’liqni saqlashmi yoki energiya ta’minotimi?
Tanqis resurslarJamiyatda biror bir xizmat turi va mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan resurslarning hammasi iqtisodiy tanqis resurslar deb ataladi. O’z navbatida bu o’z ichiga zavod- fabrikalarning butun bir tarmog’ini, fermalar qurilishi va uni qurish uchun ketadigan jihozlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq ho’jalik mahsulotlari uchun mo’ljallangan butun bir texnikani qamrab oladi. Hamma transport va kommunikatsiya jihozlari, mehnatning barcha turi, yer va mineral resurslar ham shuni ichiga kiradi.