Korxonaga tegishli kapitalning rentabelligi. Ma’lumki, korxonalar o‘zlik va tashqaridan safarbar etilgan mablag‘lardan foydalanadilar. Ularning samaradorligini alohida aniqlash, moliyaviy tahlilni chuqurlashtirishga yordam beradi.
2. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi:
2. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi:
-Soliq to‘lanishdan oldingi foyda.
-Qarzga olingan kapitalning o‘rtacha qiymati.
Qarzga olingan kapitalning rentabelligi uzoq va qisqa muddatga olingan qarzlar samaradorligini ko‘rsatadi. Bu qarzlar ham korxonaning butun ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatiga xizmat qiladi va shu sababli ular samaradorligi korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanadi.
3. Asosiy kapitalning rentabelligi:
-Soliq to‘lanishdan oldingi foyda.
-Asosiy kapitalning o‘rtacha qiymati.
Asosiy kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki asosiy kapital korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi va uning rentabelligi asosiy fondlarni korxona foydasi asosida aniqlangan fondlar qaytimidir.
Asosiy kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki asosiy kapital korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi va uning rentabelligi asosiy fondlarni korxona foydasi asosida aniqlangan fondlar qaytimidir.
4. Aylanma kapitalning rentabelligi:
-Soliq to‘lanishdan oldingi foyda.
-Aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati.
Aylanma kapitalning rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanishi lozim. Chunki aylanma mablag‘lar ham korxonaning butun faoliyatiga xizmat qiladi. Bu ko‘rsatkich korxona moddiy va pul aylanma mablag‘lari samaradorligini ifodalaydi.
5. Investitsiya rentabelligi:
5. Investitsiya rentabelligi:
-Soliq to‘lanishdan oldingi foyda.
-Asosiy kapital va uzoq muddatga olingan kredit qarzlarning o‘rtacha qiymati.
Investitsiyalar rentabelligi ham korxonaning yalpi foydasi asosida aniqlanib, bu ko‘rsatkich korxona asosiy kapitalini hamda uzoq muddatga olingan kredit va qarzlar samaradorligini ifodalaydi.
Shunday qilib, korxonalarning moliyaviy holatiga moliyaviy resurslarning alohida elementlari ta’sir ko‘rsatar ekan, demak, bu elementlarning ham rentabelligini tahlil qilish katta ahamiyatga ega.