Mavzu: Respublikada aholi ijtimoiy mahofaza qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilgan chora tadbirlar. Reja



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə1/5
tarix12.07.2023
ölçüsü31,48 Kb.
#136409
  1   2   3   4   5

Mavzu: Respublikada aholi ijtimoiy mahofaza qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilgan chora tadbirlar.
Reja:


  1. KIRISH.

O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks chora – tadbirlar to’g’risida.


  1. Asosiy qisim.

  1. O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning bugungi holati

  2.  O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish maqsadlari va vazifalari

  3.  O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.

  4. Tibbiy yordam sifati va qulayligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish hamda ularga qarshi kurashish



  1. Xulosa. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi.
O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda.
Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi.
Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so‘nggi yillarda to‘planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:

Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin