Mavzu: “Rezyume va uning turlari.”


Professional elektron pochta manzilidan foydalaning



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə3/3
tarix06.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#108489
1   2   3
Resume tayyorlash va uning turlari

Professional elektron pochta manzilidan foydalaning. “kulchanon@mail.ru” kabi shaxsiy elektron pochta manzillaridan foydalanish o’rniga, rezyumega “k.azimov@gmail.com” yoki “kozim.azimov@gmail.com” kabi ismingizni o’z ichiga olgan professionalroq elektron pochta manzilidan foydalanishni tavsiya qilinadi.


Professional shriftdan foydalaning. Arial, Calibri yoki Times New Roman kabi o’qish oson va professional shriftni tanlang. Chiroyli yoki dekorativ shriftlardan saqlaning, chunki ish beruvchiga ularni o’qish qiyin va professional ko’rinmasligi mumkin.
Rezyumeni bitta sahifada saqlang. Umuman olganda, rezyumeni bitta sahifada saqlash tavsiya qilinadi. Ayniqsa, agar siz karyerangizni endigina boshlayotgan bo’lsangiz. Agar sizda uzoq yillik ish tajribasi bo’lsa, unda ikki sahifali rezyumedan foydalanishingiz kerak bo’lishi mumkin.

Rezyumega qo’shilmaydigan ma’lumotlar Ishga bevosita aloqador bo’lmagan shaxsiy ma’lumotlar rezyumega qo’shilmaydi. Quyida ba’zi misollar beriladi:


Aniq turar joy adresi, tug’ilgan sanasi va ish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa shaxsiy ma’lumotlar. Lekin turar shahri va tug’ilgan yilni o’zini bildirish uchun ko’rsatish mumkin.
Sog’lig’i haqida ma’lumotlar. Agar sog’liqni ishga ta’sir bo’lsa, buni ish suhbati davomida bildirish mumkin.
Ish maoshi tarixi. Hozirgi yoki oldingi lavozimdagi maosh keyingi yangi lavozimga aloqasi yo’q. Sababi, xuddi shu ishga boshqa shahar yoki kompaniyada boshqa maosh bo’lishi mumkin. Ish beruvchilar nomzodlarni kalibrovka qilish yoki ish o’rniga ajratilgan byudjetga mos kelishini tekshirish uchun birinchi suhbat davomida nomzodlardan so’rashlari mumkin.
Yoki nomzod o’zi qidirayotgan ish maosh diapazoniga mos kelishini bilishi uchun birinchi suhbatda so’rab aniqlashi mumkin. Chunki ikkala tarafdan ancha vaqt, mablag’ va kuch ketkazib bir nechta suhbatlardan keyin nomzod keyinroq ish maoshi kutilgandan boshqaligini bilib qolsa yoki boshqa sababli ish taklifini rad qilib qolsa, bu ikkala tarafga ham yoqmaydi. Yolg’on yoki mubolag’alar: rezyumeda berilgan ma’lumotlar rost va aniq bo’lishi juda muhim, chunki har qanday yolg’on ma’lumot ishga qabul qilish jarayonida yoki keyinroq topilishi va sizning obro’yingizga putur yetkazishi, va hatto ishni yo’qotilishiga ham olib kelishi mumkin.
Noo’rin rasm yoki grafik tasvirlar: rezyume professional bo’lishi va faqat sizning malakangiz va tajribangizga e’tibor qaratishi kerak. Ahamiyatsiz yoki professional bo’lmagan har qanday rasm yoki grafik tasvirlar nomzod ko’rsatmoqchi bo’lgan yaxshi taassurotni buzishi va ishga kirish imkoniyatiga putur yetkazishi mumkin.
Ishga aloqasi bo’lmagan shaxsiy qiziqishlar yoki sevimli mashg’ulotlar.
Telegram kanal Agar ushbu maqola sizga yoqqan bo’lsa uni do’stlaringiz bilan ham ulashing. Yoki ushbu mavzuga qiziqsangiz, bizning Telegram kanalimizga obuna bo’ling. Rezyume namunasi Rezyume namunalari Internetda juda ko’p, ularni Google orqali qidirib topish mumkin. Masalan, Microsoftni katalogidan inglizchada yoki ruschada o’zingizga yoqqan dizaynni tanlab yuklab olsangiz bo’ladi.

Adabiyotlar ro`yxati

  • Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2008.
  • Mo`minov S., Nurmonova D., Karimova O. Nutq madaniyati, Toshkent, 2005.
  • SafayevN.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“TDPU, 2013 y, B.64-75.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin