Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bu moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy munosabatlarni yo'lga qo'yishdir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotlarni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilishini ko'rishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o'rni esa beqiyosdir, zero, ular moliyaviy resurslarining harakati shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda moliyaviy institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkib bo'yicha murakkab bo'lgan munosabatlar tizimidir. Shu sababli, hozirgi vaqtda kelib, O‘zbekiston bilan ko‘plab moliya tashkilotlar iqtisodiy munosabatlar keng yo'lga qo'yilib va samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Bu xalqaro moliya tashkilotlari O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga bir qator investitsiyalar kiritgan. Investitsion loyihalar soni ko‘p va hamkorlik aloqalarini mustamkamlash doimiy ravishda e’tibor qaratilishi lozim. Sababi shundaki, xalqaro bozorga chiqish, davlatning eksport salohiyatini oshirish, aholining ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, hamda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarini bilan aloqalarni rivojlantirish vazifalardan biri hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Rivojlanayotgan mamlakatlarda moliya tizimini rivojlantirishda yevropa tiklanish va taraqqiy bankining ro`lini o`rganish.
Kurs ishining vazifasi: Ushbu kurs ishining vazifasi shundan iboratki, Rivojlanayotgan mamlakatlarda moliya tizimini rivojlantirishda yevropa tiklanish va taraqqiy bankining ro`lini o`rganish.
Kurs ishning tuzilishi: Kurs ishi kirish, II bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat;
Asosan, bugungi kunda O'zbekiston moliyaviy tashkilotlarini xalqaro moliya tashkilotlari o'rtasida o'zaro moliyaviy munosabatlar o'rnatish mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim masaladir. Milliy va Xalqaro molyaviy munosabatlarni rivojlantirish masalari bugungi kunda jadallashmoqda. Bu munosabat nafaqat puxta o‘ylangan, balki bir vaqtning o‘zida ildam va qulay bo‘lishi hamda hozirgi tez o‘zgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib bo‘lmaydigan yangi muammo va tahlikalarga o‘z vaqtida va munosib javob berishi kerak. O'zbekiston xalqaro moliya tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarini shakllantirishida va rivojlanishidagi asosiy omili:
jahon bozorlarida o'zining o'rniga ega bo'lishi, ayniqsa tovar bozorlarida;
Mamlakat iqtisodiy aloqalarning baynalminallashuvi va globallashuvi.
Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi.
Mamlakatning ilmiy-texnika taraqqiyotiga qo'shgan hissasi
Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama va manfaatli tartibga solish tizimini takomillashtirilishi.
Mamlakatda transmilliy korporatsiya va banklar faoliyatinini nazorat qilish va kengaytirilishi Agar quyidagi omillar iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy munosabatlarda o'z aksini topsa, mamlakating moliyaviy rivojlanish koeffisiyentga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
I bob. Xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni