Mavzu: romantizm adabiyoti (G‘arbiy yevropa). ReJA



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə1/10
tarix03.02.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#82613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-k filologiya J.Adabiyoti 6-mavzu


MAVZU: ROMANTIZM ADABIYoTI (G‘arbiy yevropa).

ReJA:

  1. Romantizm adabiyotining asosiy hususiyatlari;

  1. Nemis romantizmi;

a) Gofman ijodi;

  1. Fransuz romantizmi;

a) V.Gyugo ijodi;

  1. Daniya romantizmi.

Shartli ravishda XIX asr deb ataladigan asr, jahon tarixi va adabiyotidagi yangi davr nafaqat fransuz burjuaziya inqilobi tomonidan tayyorlangan, balki ana shu inqilob voqyealari bilan ochiladi.


Inqilob aks-sadosi asr davomida tinmay yangrab turdi. XIX asr haqida gapirib V. Gyugo shunday degandi: “XIX asrni buyuk onasi – fransuz inqilobi bor. Uning tomirlarida uning tuganmas qoni jo‘sh urmoqda».
Inqilobning ijtimoiy-siyosiy sohadagi asosiy yutug‘i-u feodal ijtimoiy munosabatlarni sindirdi, uning «Ozodlik, tenglik, qardoshlik» deb ataluvchi shiori katta kuchga aylandi, qo‘shni mamlakatlarda inqilobiy kayfiyatni vujudga keltirdi.
Fransuz inqilobining adabiy-estetik g‘oyalar va formalarga ko‘rsatgan taosiri boshqa sohalar singari adabiyotda ham sezildi.
Inqilob davri (1789-1894) o‘z adabiyotini yaratadigan darajada ancha vaqtga cho‘zildi. Klassitsizm va sintimentalizm anoanalarini davom ettirgan va inqilob g‘oyalaridan ruhlangan yangi adabiyot vujudga keldi. Inqilobiy klassitsizimning vakili shior va dramaturg Mari Jozef Shenpe (1764-1811) hisoblanadi.
Inqilobiy lirikaning namunasi sifatida Ruje de Lilning « Reyn armiyasining xarbiy qo‘shig‘i» (1792) – «Marselpeza» paydo bo‘ldi.
Sheoriyatda fransuz inqilobi sabab tarkib topgan anoanalar butun XIX asr (1830, 1848, 1871 yillar inqilobi) va XX asr (antifashistik qarshilik harakatida ) o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi.
Inqilob so‘z sanoati sohasida tugaganmas mavzuni ochib berdi. Masalan: Beranjening “14 iyulp”sheori, Stendalning “Parma ibodatxonasi” romani, G.Geynening liro-publistik esselardan iborat «G‘oyalar. Le grange» to‘plami, Bayronning «Chaylpd – Garolpdning sayyohatlari» dostoni, Gyugonning «93 yil» romani (1874) va XX asrdagi R.Rollan va A.Frans asarlari.
Fransuz inqilobi yevropa va jahon adabiyotidagi kuchli oqim – romantizmni vujudga kelishiga zamin hozirladi.
Biz romantizmni yevropa va Amerika adabiyotida, 18 asr oxiri va 19 asr 1 yarmida tarqalgan yirik oqimlardan biri deb bilamiz. Bir necha o‘n yillardan beri tadqiqotchilar nimani «Romantizm» deb atash to‘g‘risida baxs olib bormoqdalar. (Fransuz olimi Surpe bu oqimga butunlay qarama-qarshi bo‘lgan naturalizmni ham romantizmga qo‘shadi). 50-yillarga kelib sobiq ittifoqda butun boshli yangi konsepsiya paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra romantizm yo‘nalishi o‘z badiiy uslubi bilan bir-biridan farq qiluvchi, ikki oqimdan iborat.
a) faol romantizm:
b) passiv romantizm;
Ammo 60-70 yillarga kelib bu borada bir qancha ilmiy ishlar paydo bo‘la boshaldi. Ularda yangi materiallar asosida (Chyen romantiklari; Gofman, Po ijodi va boshqalar asosida), yangi xulosaga keldilar. Bu romantiklar badiiy uslublarining birligi haqidagi xulosadir.
Romantiklar ijodi har bir mamlakatda o‘z belgilariga ega. Bu davlatlarning milliy, tarixiy xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, romantiklar o‘z umumiy xususiyatlariga ham egadirlar:
a) romantiklar paydo bo‘lgan tarixiy sharoit;
b) uslub hususiyatlari;
v) qahramon xarakteri;
a) yevropa romantizmi uchun fransuz inqilobi tarixiy sharoit bo‘lib xizmat qiladi. Romantiklar inqilob ilgari surgan inson ozodligi g‘oyasini qabul qildilar. Ammo shu bilan birga, inson jamiyatda himoyasiz ekanligini, mulkchilik xissi barcha narsa ustidan ustunlikka erishayotganini xis qildi. Shuning uchun muhit oldidagi ojizlik, ikkilanish, qahramonlar taqdirini fojiyaviyligi romantiklar dunyosining o‘ziga xos tomonlardandir.
b) Bir tomondan shaxsga nisbatan alohida munosabat, uni atrof muhit bilan aloqalari xarakteri, ikkinchi tomondan, real muhitga ideal dunyoqarashni qarshi qo‘yish o‘ziga xos badiiy uslub bo‘lishini belgilab beradi. Romantiklarning vazifasi turmushni aniq va ravshan tasvirlash emas, balki turmush haqidagi orzu umidlarni tasvirlashdir. Shunday yo‘llar orqali ular o‘z ideallarini aks ettiradilar.
v) Romantizm adabiyoti o‘z qahramonini ham ilgari suradi. Romantik qahramon asosan yuksak va nozik xis soxibi, boshqalar bo‘ysunuvchi qonunlarga bo‘ysunmaydigan mag‘rur shaxsdir. Shuning uchun u doim boshqalardan ustun qo‘yiladi va ajralib turadi. Bunday qahramon ko‘pincha yolg‘iz bo‘ladi. Shu sababdan yolg‘izlik mavzusiga juda ko‘p janrlarda, asosan sheoriyatda keng o‘rin berilgan.
Romantiklarni shaxsning ichki dunyosiga bo‘lgan qiziqish lirik va liro-epik janrlarning gullab yashnashiga sabab bo‘lgan. XVIII asr oxiriga kelib maorifatparvarlik ideologiyasi o‘z umrini yashab bo‘lgani maolum bo‘lib qoldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida maorifatparvarlarning o‘zlaridan o‘z adreslariga tanqid paydo bo‘la boshladi (Didroning «Jiyanim Ramo» asari).
Yangi tarixiy sharoitda - yevropada, fransuz inqilobidan so‘ng, hayot romantiklar oldiga juda ko‘p muammolarni qo‘ydiki, bunday muammolar Volper yoki Russolarga butunlay yod edi. Maorifatparvarlar kutgan va ishongan «Aql-idrok» mamlakati ro‘yobga chiqmadi. Romantiklar hayotga maorifatparvarlarga qaraganda boshqacha, o‘ziga xos yo‘llar bilan yondoshdilar. Hayot maorifatparvarlar taklif etgan sxemalarga tushmadi. Romantiklar muhitning zidiyatli ekanligini aniqladilar. Romantiklar adabiyotda tarixiylikni kashf etdilar. Maorifatparvar esa o‘tmish to‘g‘risida antitarixiy xolda («yaxshi-yomon» deb) fikr yuritgan edilar. Klassitsistlar tragediyalarining syujetini asosan tarixiy voqyealar tashkil etsada ularni, tasvirlanayotgan davr xususiyatlari qiziqtirmaydi. Ular o‘z asarlarida umumiy bo‘lgan burch va ehtiros masalasini qo‘yadilar va yechadilar.
Romantiklar o‘tmishda nafaqat inson xarakterlarini, balki o‘z zamonasi taosirida shakllangan xarakterlarni ham ko‘ra oldilar. Maorifatparvarlar yuksak maonaviyat, aql-zakovat egalari bo‘lgan ko‘plab ijobiy obrazlarni yaratgan bo‘lsalar. Romantik qahramon ijobiy bo‘lishi shart bo‘lmay, u muallif idealini o‘zida aks ettirishi lozim edi.
Romantizm adabiy yo‘nalish sifatida XVIII asr oxiriga kelib birdaniga bir necha mamlakatlarda paydo bo‘la boshladi. Estetik manifest, traktatlari bilan Germaniyadan Chyen romantiklari, Fransiyadan Shatobrion va de Stalp, Angliyadan ko‘l maktabi vakillari chiqdilar.
Ammo bu sxematik davriylashtirish barcha yevropa davlatlari uchun bir deb bo‘lmaydi. Germaniyada ilk romantizm yen romantiklari (Novalis, aka-uka Shlegelar) nomlari bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqichidagi Geydelpberg romantiklari davri Napalion okkuputsiyasi va milliy uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu paytda aka-uka Grimm ertaklari paydo bo‘lgan.
20-yillarga kelib, Gofman o‘limidan so‘ng va yosh Hyeynining relizm anoanalarini yoqlab chiqish munosabati bilan nemis romantizmi egallagan mavqyeini boy bera boshladi.
Angliyada esa Shelli (1822) va Bayron (1824) ning hayotdan ko‘z yumishi romantizmning ikkinchi o‘ringa tushib qolishiga asosiy sabab bo‘ldi.
Romantizm Fransiyada 30-yillarga kelib to‘la shakllandi. Bu paytda Angliya va Germaniyada romantizm o‘z umrini yashab bo‘lgandi deyish mumkin. Fransiya romantiklari yangi drama uchun kurashdilar. (ungacha klassitsistlar teatri xukmron edi). Drama janrining reformati bo‘lib V.Gyugo maydonga chiqdi.
Polpshada romantizm haqidagi bahslar 18-10-yillarga to‘g‘ri kelgan. 20-yillarga kelib, adabiyotga A.Mitskevichning kelishi bilan shakllandi va o‘zini asosiy o‘rnini uzoq vaqt saqlab qoldi.
Romantizm tiplari haqidagi masala to‘laligicha o‘rganilmagan.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin