Mavzu: romantizm adabiyoti (G‘arbiy yevropa). ReJA


XIX asr daniya romantizmi



Yüklə 45,25 Kb.
səhifə4/10
tarix03.02.2023
ölçüsü45,25 Kb.
#82613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-k filologiya J.Adabiyoti 6-mavzu

XIX asr daniya romantizmi. Daniya romantizmi milliy adabiyot anoanalari negizida paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda Daniya romantizmi rivojlanishiga nemis va ingliz romantiklari: Garmon, Tike, Shamisso, Reyne, Skottyular katta taosir ko‘rsatdilar.
Daniya romantiklari qatoriga V.Skott asarlari ruhida yozgan Ingeman, saga syujetlaridan foydalanib dramalar yozgan K. Xaux, X.Xerslarni qo‘shish mumkin. Daniya romantizmining boshlanishi 1802 yili chop etilgan shoir va dramaturg Adam Eleklegerning «Oltin shohlar» sheoriy to‘plami bilan bog‘liq.
Daniya romantizmida afsona va ertaklar alohida o‘rinda turadi. 1810-1820 yillar Daniya adabiyotida ertaklar davri deb ataladi. 1818 yilda Yu.Til «Daniya xalq rivoyatlari», S.Grundvich «Qadimgi Daniya rivoyatlari» (1854-1861), Vinter «Daniya xalq ertaklari» to‘plamlarini chop ettirdilar.
1816 yili Elekleger «Turli xalqlar ertaklari» to‘plamini nashr etdilar. Bu davrda adabiyotga buyuk daniya ertakchisi X.K.Andersen kirib keldi.
XANS KRISTAN ANDeRSeN (1805-1875). Buyuk ertakchi Odens shahrida etikdo‘z oilasida dunyoga keldi. 1819 yili Kopengagenga keldi. 1822 yili Andersen qadimgi skandinav syujeti asosida yozilgan. «Elpflar qo‘shig‘i» asarlarini teatrga olib keldi. Katta qiyinchilik, muxtojlikda avval gimnaziyani, keyin esa universitetni tamomladi.
Andersen Kopengaginga kelishidan oldinroq sheorlar yoza boshlagan. Dramatik asarlardan I aktli «To‘ng‘ich» satirik ppesasi shuhrat qozondi. Andersen 6 ta romanning muallifi hisoblanadi. Uning «Improvizator», «Faqat skripkachi» romanlari mashhur bo‘ldi. Andersen romanlari Daniya romantizmi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Uni V.Skott va V.Gyugoga qiyoslashar edi.
Yozuvchiga umumjahon miqyosida shuhrat keltirgan asarlari - uning ertaklari bo‘ldi. U 1835 yildan ertaklar yoza boshladi. Adabiy ertaklardan ko‘ra xalq ertaklariga yaqin turuvchi bu asarlar xalq orasida mashhur bo‘ldi. 1835-1841 yillarda Andersenning «Bolalarga atalgan ertaklar» to‘plami bosilib chiqarildi. Bu to‘plamdan «Chaqmoqtosh», «Kichkina Klyaus va katta Klyaus», «Yo‘ldosh», «Yovvoyi oqqushlar», «Cho‘chqaboqar» kabi ertaklar o‘rin oldi. Bu ertaklar xalq ertaklari asosida yozilgan. Ushbu to‘plamga boshqa xalqlar asarlari asosida yozilgan asarlar ham keltirilgan. Qirmizi bo‘ta Elpfi» (Italiya qo‘shig‘i asosida), «Uchar sandiq» («1001 kecha») kabi ertaklar ham kiritilgan. Shunigdek bu to‘plamga Andesenning o‘zi to‘qigan «Kichkina Idaning gullari», «Dyumovochka», «Suv parisi», «Baxt kovushlari», «Jannat bog‘i», «Ole Lukoye» ertaklari ham kiritilgan.
Andesenning ertaklari o‘quvchilar va adabiyot tanqidchilarining eotiborini o‘ziga tortadi. Bolalarga atalgan bu ertaklar o‘ziga xos edi. Andesen bolalarga o‘z tengiga murojaat qilgandey qaror, pand-nasihat qilmas edi. Bu ertaklarda yaxshilik faol kurashadi, inson tabiatidagi haqiqat, chin sifatlar namoyon bo‘ladi.
Andesenning eng go‘zal, yorqin ertaklaridan biri «Suv parisi» ertagidir. Suv parisining insonga javobsiz sevgisi haqida yozuvchi ilgari ham, yozgan edi. («Samse orolidan kelgan suv parisi»)
Bu ertakda Andesen insonning go‘zal ruhiy olamini nafaqat hayajonli syujet orqali, balki qahramonning ruhiyatini chuqur ochib beruvchi psixologizm orqali tasvirlaydi.

Yüklə 45,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin