Mavzu: Rostlash qonunlari



Yüklə 0,61 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181583
8-mavzu

Mavzu: Rostlash qonunlari


Reja:

  • Chiziqli va nochiziq rostlash qonunlari.
  • Proporsional (P), proporsional-integral (PI) va proporsional-differensial (PD) rostlash qonunlari va rostlagichlar.
  • Proporsional-integral-differensial (PID) rostlash qonunlari va rostlagichlar.

Avtomatik rostlagichlar tuzilishi bo`yicha tipik zvenolardan tashqil topadi va o`zining rostlash funksiyasini ana shu zvenolarning ishlash qonunlariga muvofiq bajaradi. Bu qonunlar rostlagichning rostlash qonuni deyiladi. Bu qonunlar asosan rostlagichdan chiquvchi signal (rostlanuvchi kattalikning og’ishi) orasidagi bog’lanishni ifodalaydi.
Bu yerda birinchi qo`shiluvchi F1(x) chetga chiqishlar bo`yicha rostlashga, F2(g), F3(t) kattaliklari tashqi ta’sirlar bo`yicha rostlashga mos keladi.
Uzluksiz rostlash rostlagichlari rostlash protsessi davomida ob’ektga uzluksiz ta’sir ko`rsatib turadi.
Uzlukli (pozitsion) rostlash rostlagichlari rostlash jarayoni davomida ob’ektga belgilangan vaqt oraliqlarida yoki rostlanuvchi kattalikning qiymati ma’lum bir qiymatga yetganda diskret ta’sir ko`rsatadi.
Avtomatik rostlagichlar diskret impulsli yoki uzluksiz harakatli bo`ladi. Uzluksiz harakatli rostlagichlar tarkibiga P, I va ularning kombinatsiyalari bo`lgan PI, PD, PID qonunlari kiradi.
Rostlagichning harakati doimo rostlanayotgan parametr chetlashishiga teskari tarafga yo‘naltirilgan bo’ladi
Proporsional rostlash qonuni, P –qonun.
Rostlash qonunining tenglamasi
ko‘rinishga ega. Bu qonun bo‘yicha ishlovchi rostlagich P-rostlagich deyiladi. Bu rostlagichning uzatish funksiyasi
P-rostlagichlarning asosiy afzalligi ularning tezkorligidir. Asosiy kamchiligi esa statik xatolikning mavjudligi, rostlash ya’ni aniqligi kam.
P rostlagich bilan tuzilgan model
Boshqarish obyektining rostlagich bilan struktur sxemasi
Berilgan bloklarni P rostlagich bilan kema harakati misolida uzatish funksiyalarini quramiz.
Kema harakati uchun P(s)=K/s(Td+1); bu yerda K=0.072 rad/s., Td=21.1 sek.
Yuritma uchun R(s)=1/(Tr+1); bu yerda Tr=2 sek.
O’lchov sistemasi uchun(girokompas) H(s)=1/(To+1) bu yerda To=8 sek.
P rostlagich uchun C=Ki bu yerda Ki=0.7265
Integral rostlash qonuni, I – qonun.
Rostlash qonuni
ko‘rinishga ega. Tenglamani integrallasak
Ko‘rinishga keladi.
berilgandan so‘ng chiqishdagi signal o‘sishini tavsiflaydi.
uzatish koeffitsienti kirish signali
I-rostlagichning uzatish funksiyasi
I-rostlagichning afzalligi rostlashda statik xatolikning yo‘qligidir.
Proporsional – integral rostlash qonuni, PI – qonun.
Bu rostlagich P va I-rostlagichlarning afzalliklarini o‘zida mujassamlashtirgan.
Tenglamasi:
Tenglamani integrallasak
PI-rostlagichning uzatish funksiyasi
PI -rostlagichning sozlash parametrlari
va
.
.
Proporsional-differensial rostlash qonuni, PD – qonun.
P, I, PI –rostlagichlar texnologik jarayonda yuzaga kelgan buzilishlargagina javob qaytaradi. Rostlanayotgan parametr biron bir sababga ko‘ra tezlikda berilgan qiymatdan chetlashishi kuzatiladigan obyektlar uchun differensial tarkibiy qismi mavjud bo‘lgan rostlagichlardan foydalaniladi.
Rostlash qonuni
PD-rostlagichning uzatish funksiyasi
Bu yerda
rostlagichning uzatish koeffitsienti,
differensiatorning kuchaytirish
koeffitsienti,
differensiatorning vaqt doimiysi.
Rostlanuvchi parametr berilgan qiymatdan chetlashganda differensiatorda bir onda signal yuzaga keladi, so‘ngra esa proporsional tarkibiy qismdan signal beriladi.
ARS harakatining barqarorlashgan holatida differensiatordan berilayotgan signal nolga qadar tushadi va faqat P-tarkibiy qism qoladi, ya’ni
PD-rostlagichning dinamik xarakteristikasi rasmda keltirilgan.
Proporsional-integral-differensial rostlash qonuni, PID – qonun.
Rostlash qonuni
PID-rostlagichning uzatish funksiyasi
Dinamik xarakteristikasi rasmda keltirilgan:
PID-rostlagichning afzalliklari quyidagilar:
ning chetlashishi va chetlashish
tezligiga ta’sir ko‘rsatadi, statik xatolik
o‘tish xarakteristikasi vaqtini
kamaytiradi,
ning amplituda tebranishlarini kamaytiradi
Kamchiligi sozlashning murakkabligi.
Sozlash parametrlari
.
.
.
PID rostlagich bilan tuzilgan model
Endi ushbu model uchun PID rostlagichni qo’llaymiz va ushbu model uchun uzatish funksiyasini C(s)=Ki(1+Ts/(TvS+1))+1/TiS formulani qo’llaymiz bu yerda Ti = 217sekund
Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin