Biz qonunlar va tijorat etikasi doirasida halol raqobat kurashi olib boramiz.
Biz hududlarida o'zimiz faoliyat olib borayotgan mamlakatlar va jamiyatlar qonunlari talablariga rioya qilamiz, va halol raqobat standartlari va amaliyotini hurmat qilamiz. Biz noqonuniy yoki halol bo'lmagan yo'llar bilan faoliyat olib borish natijasida foyda olmaymiz. Biz birga ish olib boradigan insonlarni pora berib o'z tomonimizga o'gdirish uchun sovg'alar yoki poralar bermaymiz yoki boshqa usullarni qo'llamaymiz.
Biz muntazam shaffof hisobot berish tamoyiliga rioya qilamiz va aniq buxgalterlik hisobini amalga oshirib boramiz.
Manfaatdor shaxslar kompaniyamiz faoliyati buxgalterlik hisobining xalqaro standartlariga, shuningdek, tegishli mamlakatlarning standartlariga mos kelishini bilishlari uchun, barcha savdo va xo'jalik operatsiyalarini aniq qaydga olamiz. Qonun talablariga ko'ra, biz doim kompaniya va uning moliyaviy ahvolida sodir bo'ladigan o'zgarishlar kabi kompaniya boshqaruvining asosiy jihatlari haqidagi ma`lumotlarning shaffofligini ta'minlaymiz.