Jamiyat rivojiga hissa qo'shish
- Umumiy manfaatlarni amalga oshirishda va inson turmush tarzini
yaxshilash ishiga hissa qo'shish
- Hamjamiyat a`zosi sifatida o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish
Samsung kompaniyasi mahalliy qonunlar va me`yoriy hujjatlar talablariga rioya qilishni, shuningdek, barcha xodimlaridan tijorat etikasining global kodeksiga qat`iy rioya qilishni talab qilishni o'z zimmasiga oladi. Bizning fikrimizcha, etikaga mos boshqaruv nafaqat global tijorat muhitida tez sodir bo'ladigan o'zgarishlarga javob berishning bir usuli bo'libgina qolmay, balki manfaatdor shaxslar bilan, jumladan, mijozlar, aqchadorlar, xodimlar, tijorat hamkorlari va mahalliy jamoatchilik vakillari bilan ishonchga asoslangan munosabat qurish vositasi hamdir. Jahonda etika standartlari eng yuqori bo'lgan kompaniya bo'lishga intilib, Samsung adolatli va shaffof korporativ boshqaruv usullarini qo'llash yo'li bilan o'z xodimlarini tinimsiz tijorat etikasiga o'rgatish jarayonida monitoring tizimlaridan foydalanmoqda.
Dostları ilə paylaş: |