Biz tijorat hamkorlarimiz bilan o'zaro foydali munosabatlar quramiz.
Biz biznes hamkorlarimiz bilan o'zaro ishonchga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni shakllantiramiz va ularni strategik hamkor sifatida tan olamiz. Biz jamoaviy o'sishni davom ettiramiz va axloqiy va qonuniy qo'llab-quvvatlash orqali hamkorlarimizning raqobatbardoshligini mustahkamlashga intilamiz.
Biz mintaqa an`analari va madaniyatni hurmat qilamiz va birgalikda o'zaro foydali hamkorlik olib borish va gullab-yashnashga intilamiz.
Biz mahalliy jamiyatlarning qonunlari, madaniyati va qadriyatlarini hurmat qilamiz va mahalliy aholining hayot sifatini yaxshilash ishiga hissa qo'shamiz. Biz jamoatchilik qiziqishini uyg'otuvchi ta`lim, madaniy va sport tadbirlari o'tkazib, sog'lom jamiyatni rivojlantirishga yordam beramiz. Ko'ngillilik (volonterlik) ishlarini olib borish va tabiiy ofatlarda aholiga yordam berish yo'li bilan ijtimoiy foydali ishlarda faol ishtirok etamiz.