Kompaniyamiz — ekologik jihatdan xavfsiz boshqaruv tarfadori.
Biz atrof-muhitni himoya qilish bilan bog'liq xalqaro standartlar, tegishli qonunlar va ichki ish olib borish tartibi talablariga rioya qilamiz. Biz faoliyatimizning barcha yo'nalishlarida, jumladan loyihalar ishlab chiqarishda, mahsulot ishlab chiqarishda va sotuvda atrof-muhitni himoya qilish uchun barcha say`i harakatlarni, amalga oshiramiz. Biz resurslardan unumli foydalanish, jumladan ularni qayta ishlashda namuna ko'rsatamiz.
Biz odamlar salomatligi va xavfsizligi haqida qayg'uyramiz.
Biz xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liq xalqaro standartlar, tegishli qonunlar va ichki ish olib borish tartibi talablariga rioya qilamiz. Biz xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilamiz, qulay ish muhiti yaratamiz va baxtsiz hodisalarni oldini olamiz.
Biz korporativ ijtimoiy mas`uliyatni his qiladigan kompaniyadirmiz.
Biz o'z majburiyatlarimizni yuqori darajadagi ijtimoiy mas`uliyatni namoyish qilgan holda vijdon bilan bajaramiz.
Mahalliy hamjamiyatning bir a`zosining vazifalarini bajarish bilan biz kompaniyamizga nisbatan ishonchni oshirishga intilamiz. Biz yangi ish joylari yaratish uchun barcha say`i harakatlarni amalga oshiramiz va soliq to'lovchi sifatida o'z majburiyatlarimizni to'la anglaymiz.