Tadqiqotlar va ishlab chiqilgan texnologiyalar
Kompaniyamiz faoliyati ilmiy-tadqiqot faoliyatiga asoslangan. Biz yangi texnologiyalar ishlab chiqarishga boshqa sohada ishlaydigan har qanday boshqa kompaniyaga qaraganda ko'proq mehnat va mablag' sarf qilib kelamiz. Samsung kompaniyasi uskunalar bo'yicha muhandislarga, va DI ishlab chiquvchilarga, va universal mutaxassislarga keyingi avlod qurilmalari, materiallari va dasturiy yechimlari bilan ishlashga imkoniyat beradi. Ular asosida va butun dunyoda millionlab insonlarning hayotini boyitishga qaratilgan yangi mahsulotlar yaratiladi.
Dizayn
Hamma odamlar bir birlaridan farq qiladilar, shuning uchun biz dizaynda individual yondashish tarafdorimiz. Eng yaxshi mahsulotlar va yechimlar yaratish yo'li bilan o'z g'oyalarini mijozlarning ehtiyojlarini chuqur tushunish hissi bilan uyg'unlashtirib, bizning dizaynerlarimiz dunyoning barcha mintaqalarida ishlashadi. Samsung kompaniyasida turli sohalarda, jumladan mahsulotlar, interfeys va grafik dizayn jabhalarida ishlash uchun noyob imkoniyatlar bor.
Dostları ilə paylaş: |