Mavzu: Sanash, sanashning turli tizimlari.
Reja:
1. Kirish.
2. Son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
3. Kichik guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
4. O‘rta guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
5. Katta guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
6. Sanash. Sanashga o’rgatish mashg’ulotlari.
7.Xulosa.
8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yaxati.
Son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
«Son-sanoq» bo‘limi «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish» bo‘limining asosiy o‘zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo‘lim dasturiy masalalarini o‘zlashtirishlari maktabning boshlang‘ich sinflarida ularning matematikani ongli o‘zlashtirishlarining garovidir.
Son-sanoq. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat ekanini ko‘rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va hokazo munosabatlari)ni o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |