Mavzu: Sanash, sanashning turli tizimlari


Kichik guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish Son-sanoq



Yüklə 9,71 Kb.
səhifə2/3
tarix01.02.2023
ölçüsü9,71 Kb.
#82253
1   2   3
Mavzu Sanash, sanashning turli tizimlari

Kichik guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
Son-sanoq.

Bolalarga alohida predmetlardan guruh hosil qilishni (barcha qizil, barcha sariq, barcha yumaloq va boshqa predmetlarni guruhlash), guruhdan bir predmetni ajratishni, “ko‘p”, “bitta”ni farqlashni, xonada qaysi predmetlar ko‘p, qaysi bittaligini, “bittadan”, “bitta ham” iboralarini tushunishni o‘rgatish.
To‘plam tarkibiga kiruvchi predmetlarning miqdoriga ko‘ra guruhlarning tengligi va teng emasligini farqlash, bir predmetni ikkinchisining ustiga yoki ostiga qo‘yib taqqoslashni o‘rgatish.
“Ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” kabi so‘zlarni tushunish va nutqda o‘z o‘rnida qo‘llashni, “qancha?” so‘rog‘ining ma’nosini tushunishni o‘rgatish.

O‘rta guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish
Son va sanoq.
Bolalarga to‘g‘ri usullardan foydalanib 3, 4, 5 sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish va bu sonlar doirasida sanashni o‘rgatish: bir qator qo‘yilgan predmetlarni sanab, sonni tartib bilan aytish, sonni ot bilan moslashtirib, oxirgi sonni sanalgan predmetlarga taalluqli qilib aytish, masalan, “Bir, ikki, uch, - hammasi bo‘lib uchta qalam”, “Bir, ikki, uch, to‘rt - hammasi bo‘lib to‘rtta qalam” tarzida.

Bolalarga 3, 4, 5 gacha bo‘lgan sanoq va tartib sonlarni o‘rgatish,


“Qancha?”, “Qaysi?”, “Nechanchisi?”, “Sanoq bo‘yicha nechanchi?”,“Nechanchi o‘rinda?”, “Hammasi bo‘lib nechta?” savollariga javob berib, sanoq va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish.
Bolalarga predmetlarning ikki guruhini qiyoslashni mashq qildirish va taqqoslashni o‘rgatish, masalan (“Bir, ikki, uch, to‘rt, besh – hammasi bo‘lib beshta koptok", “Bir, ikki, uch, to‘rt – hammasi bo‘lib to‘rtta kubik. Beshta ko‘p, to‘rtta kam. Koptoklar kubiklardan bitta ko‘p ekan”).
5 gacha bo‘lgan sonni o‘zidan kichik bo‘lgan ikkita songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan, “Senda 5 ta olma bor, ikkitasini ukangga berding. O‘zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat qilish.


Yüklə 9,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin