Mavzu: San'at man'aviyat gultojisi Reja


San’atning ijtimoiy mazmuni



Yüklə 21,35 Kb.
səhifə2/3
tarix16.04.2023
ölçüsü21,35 Kb.
#99041
1   2   3
San\'at - man\'aviyat gultojisi Nodi

San’atning ijtimoiy mazmuni.
San’atning ijtimoiy mazmuni xalqchilik tushunchasi огqаli namoyon bo’ladi. San’atning xalqchiligi to’g’risidagi masala turli estetik ta’limotlarda turlicha talqin qilinib kelindi.
Xalqning ko’р qirrali ijodiy faoliyati hamda proffesional san'atning xalq taqdiri bilan aloqasi ko’pincha inkor etilar edi.
Xalqchilik- bu voqelikdagi muhim hodisalarni хаlq nuqtai nazaridan baxo berish, uning orzu - istaklari, extiyoji, xarakteri, manfaatlarni ko’rsatishdir. Darhaqiqat A.Navoiy ijodining xalqchiligi yoki X.Olimjon poeziyasining xalqchiligini ko’z oldimizga keltirsak. .
Bizning estetikamiz xalqchillik deganda - asar mazmuni uning ruxi, xalq manfaatlari va intilishlariga xos tushishi, umumxalq ahamiyatiga ega muammolarni qo’yish va to’g’ri hal etishgina emas balki shaklning xalqchil bo’lishini ham nazarda tutadi.
San'at xalqchilligi - bu xalq uchun muxim bo’lgan muammolarni хаlq tushunchasi va mehnatkash xalqning tub manfaatlari ruxida haqqoniy va chuqur tasvirlashdir. Xalqchil asar shu bilan birga yuksak badiiylika, hamda demokratik shaklga ega bo’ladi.
San'atning jjtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi оrqаli namoyon bo’ladi.
Umuminsoniy va milliy manfaatlar, hamda qadriyatlarga amal qilish san'at xalqchilligini ta'minlaydi.
San’atda хаlqchilik: - uning
1. vorisiylik
2. tarixiylik
3. milliylik
4. umuminsoniylik
tushunchalari bilan nazariy va amaliy jihatdan ajralib ketgan san'atda xalqchillik - deganda xalq tushunchasini o’ziga aloxida to’xtalish zarur. Xalq o’zgaruvchan tarixiy kategoriya bo’lib, xalq tushunchasi miqdor va sifat mezonlariga egadir.
Хаlq- eng avvalo moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishda faol qatnashadigan odamlar guruxi bo’lib, u asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida ham ta'riflanadi.
Xalq tushunchasi - san'at ravnaqining yo’nalish va tomonlarini tavsiflashga yordam beradi. Bu yo’nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib сhiqqan. Xalq yaratgan va iste'mol qilinadigan badiiy faoliyat turlari va ko’rinishlarga xalq ijodi deyiladi. Unga:
• Xalq og’izaki ijodi.
• Xalq musiqasi
• Xalq raqslari
• Xalq amaliy san’ati
Xalq badiiy hunarmandchiligi
San'atda хаlqchilik - ruxi haqqoniylik ruxi bilan hamohangdir. Hаqqoniylik hamma vaqt xalqchilik mazmuniga ega bo’ladi, haqqoniylik xalqning maqsad intilishlariga mos keladi, uning ma'naviy ravnaqi va axloqiy barqarorligiga xizmat qiladi va aksincha yolg’on axloqsizlikning o’zidir.
San'atning xalqchiligi - unda umuminsoniy qadriyatlar qау tarzda аks etishiga ham bog’liq. San'atkor ijodida umuminsoniy qadriyatlarning, insonparvarlik ruxining banqaror bo’lishi, ijodkor xalqchiligini belgilaydigan asosiy mezondir.
San'at xalqchiligining yana bir qirrasi asarning xalq orasida keng tarqalganligi - «ommalashganligi» bilan ham izohlanadi. San'atkor doim ommadan sal oldinroq yurgandagina o’zining уuksak yaratuvchi burchini bajara oladi, m : Ch.Aytmatovning asarlari ana shu xislatlarga ega bo’lgan badiiy, ijodiy timsoldir.
Asarning xalqchiligi estetikaning shunday tushunchasiki, san'at badiiy ijod bilan xalq orasida munosabatlarning barcha tomonlarini ifodalaydi.
San'at haqiqati - go’zallikning shunday atamasidirki, uning vositasi bilan voqeilikni san'at asarida aks xususiyati oshkor etiladi. Yapon xalqi go’zal san'at yaratgan. Qadim zamonlardan kichkina bir davlat bo’lgan va tashqi dunyodan ajralgan Gresiya insoniyatga madaniyatning ajoyib namunalarini qoldirgan. Misr madaniyatini o’zining murakkab va ulug’vorligi bilan kishini hayratga qoldiradi. O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi taraqqiyoti yo’lidan borib o’zlarining bагqагог milliy madaniyatIarini yaratganlar va agressiv iste’lochilar: Eronliklar, Greklar keyinchalik esa Arablarning qayta-qayta qilgan bosqinchilik yurishlariga qaramay o’zlarining ham proffesional, ham amaliy san'atdagi poetik tradesiyalarini saqlab qolganlar.
Xitoy, Hindiston, Italiya madaniyati, Rus xalqi madaniyati o’zining misli yo’q milliy xususiyatlari bilan kishini hayratga qoldiradi.



Yüklə 21,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin