Mavzu: San'at man'aviyat gultojisi Reja



Yüklə 21,35 Kb.
səhifə1/3
tarix16.04.2023
ölçüsü21,35 Kb.
#99041
  1   2   3
San\'at - man\'aviyat gultojisi Nodi


Mavzu: San'at - man'aviyat gultojisi


Reja:

  1. San'at - ijtimoiy hodisa sifatida. San'atning vujudga kelishi, vazifalari.

  2. San'atning xususiyatlari, moxiyati. San'atda xalqchilik, mazmun va shakl tushunchalari.

  3. San'at turlari haqida tushuncha.

  4. Xulosa.

San'at - ijtimoiy hodisa sifatida. San'atning vujudga kelishi, vazifalari.
Go’zallik olamda san'at aloxida o’rin tutadi. Shuning uchun aloxida, u borliqqa bo’lgan estetik munosabatlarning asosiy xususiyatlarini o’zida jamlaydi. Insonning estetik qobiliyati xuddi san'atda birmuncha to’la va butunlik namoyon bo’ladi. San'at birinchi navbatda insonning estetik ehtiyojlarini qondirish uning didini shakllantirish va tarbiyalash, uning qobiliyatini go’zallik qonunlarini ijodga tomon rivojlantirishga da'vat etilgan. Agar biz: san'at go’zallik va estetik tarbiya bilan kishilarni boshqaradi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. San'at bizning ma'naviy o’sishimizga imkon beradi. Ijtimoiy va shaxsiy hayotimizda murakkab masalalarni hal qilishimizda ko’pincha esa dunyodagi o’z o’rnimizni, ijodiy qobiliyatimizni o’stirishda san'atdan to’la darajada foydalanish uchun san'atning nima ekanini tushunish kегаk.


Ijtimoiy ong - siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy,
Diniy, falsafiy, ilmiy va boshqa ijtimoiy qarashlarni o’z ichiga oladi. San'at bu ob'ektiv dunyoni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi bilish formasidir.
Insoniyat taraqqiyoti tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi asta sekin yemirilib, tabaqalanish boshlangan, qullarning jismoniy mehnati bilan ozod odamlarning аqliу mehnati farq qilinib, mehnat taqsimoti yuzaga kelgan.
Demak - chinakam san'at va san'atkor ibtidoiy jamiyat emirilib sinfiy jamiyat, ya'ni quldorlik vujudga kelgach paydo bo’lgan. San'at insoniyat jamiyat taraqqiyoning ilk davrlarida paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida badiiy asarlar yaratila boshlandi. Bu asarlarda odamlar o’zlarining his-tuyg’u va orzu umidlarini ifodalanganlar. Biroq ibtidoiy odamlar hali obrazlarni idrok qilish qobiliyatiga erishguncha necha o’n - yuz ming yillar o’tgan. Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida shu narsa aniqlandi-ki, san'atning ilk formalari devorlaridagi rasmlar, qadimgi odam akslari va ashulalari, paleolit davri oxirida, necha ming yil ilgari vujudga kelgan.
Dеmak, san'at - mehnat prosessi taraqqiyotining maxsuli bo’lib, mehnat faoliyatining muayyan bosqichida vujudga kelgan.
San'at keng ma'noli tushunchadir. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa, raqs, nazmni san'at deb bilar edilar. O’rta asrlarda san'at tarkibiga, tasviriy san'at, kasallarni davolash va dorixona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda san'at so’zi - voqelik, badiiy timsollar vositasida ijodiy aks ettirish, ishning ko’zini bilish va maxorat ko’rsatish jarayoni, har qanday ishning o’zi va u talab qiladigan maxorat «darajasi» ma'nolarida qo’IIaniladi. San'at tushunchasini talqin qilish bejiz emas albatta, zero, san'at inson mehnati, аql - idroki bilan vujudga kelgan ijod qilingan narsalardir. San'at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san'at asarida shaxsning o’ziga xos iste'dodi namoyon bo’ladi va nihoyat san'at insonning maxorati bilan chambarchas bog’liqdir. Shunisi qiziqki, san'at keng ma'noda san'at asarlari bilan birga ularni yaratish va iste'mol jarayonlarini ham qamrab oladi. San'at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida, Ispaniya, Saxroyi Kabr va boshqa joylarda uchraydigan qoyalarga uyib tushirilgan yovvoyi hayvonlarning tasvirlari hozirgi davr nuqtai nazaridan estetik qiymatga ega. Shuning uchun ham san'atning

San'at jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o’tkazadi, ijtimoiy ongining barcha shakllari o’zaro aloqadordir. San'at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shundaki, jamiyat badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavermaydi. San'atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilish vorsiylik qonuniyatning namoyon bo’lishi bilan ham bog’liq. Vorisiylik ma'naviy hayotning barcha jabxalarida mavjud. San'atning hamma qirralari - mavzu yo’nalishi g’oyaviy, ruxiy qoida va ohanglari ijodiy aqidalari uslubi, turi va shakllarining ifodali vositalari vorisiylikda namoyon bo’ladi.


San'atning xususiyatlari, moxiyati. San'atda xalqchilik mazmun va shakl tushunchalari.
San'atning moxiyati nimada? Hayotni ijtimoiy sosial-estetik ideallarga muvofiq o’zgartirish maqsadi voqelikni estetik o’zlashtirishdan iborat.
San'at qanday xususiyatlarga ega? - U bir qanchа xususiyatlarga ega. San'atning xususiyati va ijtimoiy ongning boshqa formalaridan farq qiladigan tomonlaridan biri shuki, u hayotni:

Yüklə 21,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin