Mavzu sanoat korxonalarida maxsulotlar ishlab chiqarish raqobot
Lokal titrashlar uchun eng katta cheklanish – titrashning o‘rta geometrik chastotasi 1000 Gs bo‘lganda, titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori 0,65 m/s, logarifmik darajasi esa 102 dB. ga tengdir.
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish уo‘llari Mashina-mexanizmlar va jihozlarning ish jarayonida hosil bo‘ladigan titrashlarini titrash manbaiga yoki butun tеbrапиvchi tizimga ta’sir etish уo‘li bilап kатаytirish титkип. Zamonaviy mashina va mexanizmlar tuzilishining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zaro uzviy bog‘langan hamda qo‘zg‘aluvchi qismlari katta tezlikda harakatlanadi. Shu sababli, mashinalarda turli xil rezonans chastotalar hosil bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarda titrashni yuzaga kelishiga ularning o‘zaro birikkan detallari orasidagi oraliq o‘lchamlarda yuzaga keladigan kuch sabab bo‘ladi. Bu kuchning miqdori va o‘zgarishi ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning xususiyatiga (dinamik, statik), tizim elementlarining harakat turiga (aylanma harakat, ilgarilanma-qaytma harakat va b.), aylanuvchi detallarning balansirlanganlik darajasiga va detallar orasidagi oraliq o‘lchamlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, titrashni kamaytirish уo‘llariga ishchi a’zolarga ta’sir etuvchi kuchlanishning teng ta’sir etishiga erishish, krivosharqon mexanizmlarni teng aylanuvchi mexanizmlarga almashtirish, gidrouzatmalardan foydalanish, o‘zaro birikuvchi detallar sirtining tozalik va aniqlik sinfini oshirish kabilar kiradi.
Titrash holatida bo‘lgan jihozlar bilan ishlashda ham turli xil vositalardan foydaniladi. Masalan, qo‘1ni titrashdan himoyalash uchun har xil titrashdan himoyalovchi qo‘lqoplar ishlatiladi. Bunga havo yostig‘iga ega bo‘lgan va elastik materialdan tayyorlangan qo‘lqop misol bo‘lа oladi. Oyoqqa uzatiladigan titrashlardan himoyalanish uchun esa turli xil titrashdan himoyalovchi poyabzallardan foydalaniladi. Bundan tashqari, turli xil titrashdan himoyalovchi moslamalardan («vibroizolator») foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bularga AKSS-15М, AKSS-25M, AKSS- 400I larni misol qilish mumkin.