Mavzu: sanoat korxonalarida maxsulotlar ishlab chiqarish raqobotbardoshligini oshirish istiqbollari



Yüklə 33,89 Kb.
səhifə2/10
tarix20.11.2023
ölçüsü33,89 Kb.
#162208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu sanoat korxonalarida maxsulotlar ishlab chiqarish raqobot

Ishlab chiqarish sanitariyasi – bu ishchilarga ta’sir etuvchi zararli omillarni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, gigiyenik va sanitar-texnik tadbirlar hamda vositalar tizimidir.

Ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi esa zararli moddalarning belgilangan ruxsat etilgan miqdori (REM) asosida sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratishdan iboratdir.
Мa’lumki, xalq xo‘jaligining ауrim sohalarida, jumladan, qishloq хо‘jaligi, neft va gaz quduqlarini qazish va ulardan foydalanishda ko‘pgina ishlar ochiq havoda o‘tkaziladi. Bunday holda ishchilarga meteorologik sharoitlar, уa’ni havoning harorati, namligi, bosim, qor, yomg‘ir, quyosh radiatsiyasi va boshqa shu kabi omillar katta ta’sir etadi. Ushbu omillar ikki xil yo‘l, уa’ni, havo orqali yoki bevosita muloqotda bolish orqali ta’sir etishi mumkin.
Наvо orqali ta’sir etuvchi zararli omillarga ish joyining mikroiqlim holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar miqdori, chang, gaz, shovqin, infra va ultratovushlar, yoritilganlik darajasi elektromagnit maydon, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishlar hamda boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Ikkinchi уo‘l, bevosita muloqot orqali ta’sir etuvchi omillarga esa har xil qattiq va suyuq zararli moddalar, titrash bilan ishlovchi asbob va moslamalar kiradi.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, ularni inson sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish hamda bu ta’sirni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish muhim va zarurdir. Bu masala esa mehnat gigiyenasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mehnat gigiyenasi – tibbiyot fanining bir qismi bo‘lib, ish sharoitlarining inson sog‘ligiga va ish qobiliyatiga ta’sirini o‘rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga уo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi.
Mehnat sharoitlari mehnat qilish jarayonini, уa’ni bajarilayotgan ishlarning jadalligini ish davomida kishi gavdasining holati, asablarning psixologik zo‘riqish darajasi, organizmdagi ba’zi organlar zo‘riqishini belgilovchi kishi harakatining xususiyati va atrof-muhitning ahvoliga qarab aniqlanadi.


Mehnat sharoitlarini asosan to‘rt guruh omillarga ajratish mumkin:


Yüklə 33,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin