Sanoat korxonalarini ta’sis etish va davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi.
Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta’sis hujjatlari belgilab berilgan: Korxona ustavi uning huquqiy maqomini, huquq va majburiyatilarini belgilab beradi. Ta’sis shartnomasi korxonaning tashkil qilinishi va yakka tarzda yoki hamkorlikdagi faoliyatning boshlanishini tavsiflovchi hujjatdir. U shuningdek, tashkil netilayotgan korxonaning ustavini to‘ldiruvchi hujjat ham hisoblanadi. Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat yuritish hollari mavjud. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlanadi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati sifatida uning ustavi qabul qilinadi.
Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: korxonaning firma nomi; uning joylashgan yeri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar; asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati; mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; ustav fondining miqdori. Hujjatlari sifatida jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi qabul qilinadi. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq kishiga ko‘paysa, ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuzilishi kerak. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ta’sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tuzish majburiyatini oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydilar.
Ta’sis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi: jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori, jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari hissalarni qo‘shish bo‘yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi, jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqish tartibi.
Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi, jamiyat faoliyatining predmeti jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi,
shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul
qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagim a’lumotlar, jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.
Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjati sifatida ta’sis yig‘ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav qabul qilinadi. Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ tasdiqlaydigan emissiya ma’lumotnomasi ham ta’sis hujjati hisoblanadi.
Ustav jamiyatning ta’sis hujjati bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak, jamiyatning to‘liq (agar bo‘lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va elektron pochta manzili, faoliyatining sohasi (asosiy yo‘nalishlari) va maqsadi, ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli) jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining a’zolari soni, bu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Jamiyat ustavida jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan ulushning eng ko‘p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin. Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan maxsus huquq («oltin aksiya») joriy etilayotgan jamiyat ustavida davlatning mazkur maxsus
huquqdan foydalanishi to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak.
Xo‘jalik shirkatining ta’sis etish hujjati bo‘lib, uning ta’sis shartnomasi hisoblanadi. Ta’sis shartnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi, ta’sis etilayotgan xo‘jalik shirkatining turi, uning faoliyat sohasi, maqsadlari va muddatlari, muassislarning (ishtirokchilarning) tarkibi, ta’sis etilayotgan xo‘jalik shirkatining firma nomi va pochta manzili, ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va uni hosil qilish tartibi xo‘jalik shirkati har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati xo‘jalik shirkati ishtirokchilari hissalarining tarkibi, ularni kiritish muddatlari va tartibi.
XULOSA.
Sanoat milliy iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, aholining farovonligini oshirishda uning ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekiston sanoati juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi va istiqlol yillarida tubdan o‘zgarib, bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda rivojlana boshladi. Sanoat ishlab chiqarishi ayniqsa keyingi o‘n yil ichida jadal rivojlandi. O‘zbekiston dunyoning sanoati rivojlangan mamlakatlari safidan joy oldi. Mustaqillik yillarida respublika uchun mutlaqo yangi bo‘lgan avtomobilsozlik, matorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan sohalarga, neft va gazni qayta ishlaydigan, farmatsevtika, zamonaviy televizor va kompyuterlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlariga asos solindi. O‘zbekistonda sanoat tarmoqlarini yana ham rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar, ya’ni – juda katta moddiy, mehnat, moliyaviy va intellektual resurslar mavjud. Ulardan oqilona foydalanish asosida respublika sanoatini qudratli sanoatga aylantirish va samaradorlik jihatidan uni yanada yuqori darajaga ko‘tarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |