Mavzu: Savod ochichda analitik sintetik tovush metodi Reja


Bolalarning savod o’rgatishga tayyorligini o’rganish



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#176443
1   2   3   4   5
ona tili mustaqil ish

Bolalarning savod o’rgatishga tayyorligini o’rganish

Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgust oyida, hatto undan oldin  bahordan boshlanadi. Bunda 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.


Tanishish natijasini hisobga olish va nutqiy tayyorgarlikni o’rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:
1. O’qish ko’nikmasini aniqlash.
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
2. Yozuv ko’nikmasi.
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma);
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;
4. Og’zaki bog’lanishli nutqi. SHe’rni yoddan o’qish.
a) 3 ta yoki undan ortiq she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
5. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Ertak aytish.
a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi;
b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
6. Og’zaki bog’lanishli nutqi. Fikr bayon qilish (“Rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber”).
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap tuza oladi;
SHuningdek, bu jarayonda bola nutqining sintaktik qurilishi ham, foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar ikki variantda yoziladi.
Ma’lumki, o’quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O’quv materiallari 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o’quvchilarning o’zlashtirishlari turlicha bo’ladi.
O’qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o’quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o’quv materiali “Alifbe” hisoblanadi, unga qo’shimcha tarzda tarqatma materiallardan, jadvallardan, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin