Mavzu: Savod o`rgatish davrida ta’lim tarbiyaning birligi tamoyilini amalga oshirish



Yüklə 56,3 Kb.
səhifə8/11
tarix02.01.2022
ölçüsü56,3 Kb.
#41172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Savod o`rgatish davrida ta’lim tarbiyaning birligi tamoyilini amalga oshirish

K

O

M

S

L

U

N




T

I



Demak, birinchi qatorda to'rtta, keyingisi uchta, undan keyingi-sida ikkita harf mavjud. Mazkur harflar ishtirokida kim ko'proq so'z topish o'yini o'ynaladi. O'quvchilar daftarlariga topgan so'zlarini yozadilar: mol, tol, mis, kino va h.k. Agar mazkur o'yin alifbe-gacha bo'lgan davrda o'tkazilsa, unda o'yin shartlari o'quvchilarga og'zaki tushuntiriladi va boshqa ishlar ham og'zaki bajariladi. Bun-fla qatorlardan birortasida harf o'rnida bitta bo'sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o'quvchilarga bo'sh katakchaga o'zi ma'qul ko'rgan harfni qo'yish imkoniyatini berish mumkin. Albatta, bu holda o'quvchida mustaqil fikrlash uchun ko'proq imkoniyat yuza-ga keladi.

Bo'g'in ustida ishlashga oid didaktik o'yinlardan savodga o'rgatish davridеk, imkoniyatga qarab yoki og'zaki yoxud yozma tarzda quyidagi

topshiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O'qituvchi sinf xattaxtasiga birgina so'zni yozadi. Masalan: kaptar so'zi. Uni bo'g'inlarga ajratiladi: kap-tar. Endi har ikki bo'g'indan yana yangi so'zlar tuziladi: kap-kir, tar-vuz. O'yinni o'quvchilar jamoasining qiziqishini, tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda davom ettirish, yozma ishlar o'tkazish mumkin. Kataklarni to'ldiring» topshirig'iga asosan tayyorlangan quyidagi rebus o'yin ham o'quvchilarning bo'g'inga oid bilimini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.

Buning uchun sinf xattaxtasiga quydagicha katakchalar chiziladi:




















































O'qituvchi tomonidan katakchalarning biriga yoki ikkitasiga istalgan bo'g'in yoziladi. Qolgan kataklarni o'quvchilar o'zlari mustaqil to'ldirishlari lozim. Albatta bunda havola etilayotgan harflar soni ikkita bo'lsa, u so'zning birinchi bo'g'inini tashkil etishi tushuntiriladi.

Yuqoridagi o'yinlarni o'tkazish uchun o'qituvchi qirqma bo'sh kataklarni kerakli miqdorda oldindan tayyorlab qo'yishi alohida ahamiyatga ega. Bu qirqma bo'sh kataklardan savodga o'rgatish davri, keyinroq ona tili darslarida ham foydalanish mumkin.


Yüklə 56,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin