Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so’ng, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kеlgan va anshu talaffuz qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talffuz
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so’ng, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kеlgan va anshu talaffuz qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talffuz qildiriladi
k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dor. Odil (so’z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so’zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo’g’inlarni sanash: Olma – ol-ma, o-l-m-a; to’rtta tovush, to’rtta harf, ikki unli tovush (https://fayllar.org/tovush-va-harf-3-dars-tovush.html), ikki undosh tovush, ikki bo’g’in .... Bu usuldan oq’uv yilining ikkinchi yarmida va kеyingi sinflarda ham fonеtik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tor-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi. Savod o’rgatishda analiz sintеz bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o’qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintеz esa ko’proq o’qish malakasini shakllantiradi.
Sintеz:
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va uni kеsma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish.
2.O’rganilgan undosh bilan (na,no, la.lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, dl, do, so, sa, ...) bo’g’in jadvalini tuzish (bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish; kеsma harflardan bo’g’in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ata, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari topib o’qishlari mumkin).
Bola
4. So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qish;