2.2. Savod o`rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish
Savodga o'rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o'z ichiga qamrab olib, mazkur bosqichda o'quvchilar bilan olib boriladigan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. Xususan, bu davrda:
- matn, og'zaki va yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan tuzilishi, so'z, gaplarning so'zlardan tashkil topishi, ya'ni matn tuzish va uni bo'laklarga bo'lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga o'rgatish, bo'g'in, tovush, harf haqida ma'lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar haqida ma'lumot berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajralishini o'rgatish, alifbedagi rasmlar, o'qituvchi yoki o'quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, o'quvchilar bilgan she'r, hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish, ularga yangi she'r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni o'rgatib borish, alifbe darsligidagi so'zlar, uning ma'nolari ustida ishlash, tanish so'zlar asosida o'quvchilarni gap tuzishga o'rgatish, harf va tovush orasidagi mutanosiblik va farqni tushuntirish ishlari olib boriladi.
Mazkur Alifbe darsligiga kiritilgan jumboqli topshiriqlar ko'lami birmuncha keng bo'lib, u o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Zero Prezidentimiz I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so'zlagan nutqida: «Bolalarimizni qachondan bosh0lab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatimiz, urf-odatlarimiz bilan tanishtirish kerak»ligini o'ylab ko'rishimiz lozimligini, ularda mustaqil fikrlashga rag'bat uyg'otish uchun pedagogik jihatdan ta'sirchan vositalarni izlab topish, o'quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.
Darslikda 20 dan ortiq jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. Jumboqli topshiriqlarni yechishda o'qituvchi o'quvchilar jamoasining imkoniyatlarini hisobga olishi, ba'zi topshiriqlarni yechishga bolalarni oldindan tayyorlashi, ya'ni jumboqli topshiriqni kattalashtirilgan nusxasini ko'rsatib,
undagi ba'zi o'rinlarni izohlashi maqsadga muvofiqdir. Masalan, darslikning 12- 13-betlaridagi jumboqli top□shiriq".Ona-bola ish ustida" va "Guli jonivorlarni sevadi" mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn tuzish topshiriqlariga bog'lab berilgan bo'lib, ushbu mazmunli rasmlarda Guli ismli qizning oiladagi hayoti tasvirlangan. Bunda «Guli» ismini o'qitishga tayyorlash uchun darslikdagi gul va i harf tovushining kattalashtirilgan rasmini na-moiyish qilish,
«gul» so'zi bilan bog'liq boshqa ismlarni, masalan, Gulmira, Gulchehra kabilarni eslatish maqsadga muvofiqdir.
Darslikka bu xildagi jumboqli topshiriqlarning kiritilishi o'quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilimdonlikka undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qo'llaniladigan yoki ularga yaxshi tanish bo'lgan «ma», «min» (14-bet) kabi ba'zi ish-harakatni bildiruvchi so'zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining boshlang'ich bosqichida o'quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda, ularga tavsiya qilinayotgan o'quv materiallarning yetarli darajada bo’lishiga, ya'ni ko'proq so'z o'qish imkoniyatini hosil qilishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so'zlar (fe'l)ga oid boshlang'ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. O'qituvchi darslik materiallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so'zlar mazmunini to'liq izohlashda turli mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Darslikning 17, 33-betlarida T va Y tovush-harflarini o'rganishda mustahkamlash darslari uchun tavsiya qilingan «Bekinmachoq» o'yinida
«harflarni top» rebusining kattalashtirilgan nusxasini tayyorlab, ushbu nusxa asosida harflarni toptirish, rebusda berilgan harflardan so'zlar tuzdirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, T tovush-harfini o'rganish uchun tavsiya qilingan rebusdagi OTMA so'zini bolalar osongina topa oladilar, uning tarkibida O, T, M, A tovushlari qatnashgan, ushbu harflar ishtirokida OT, MOT, TOM kabi so'zlarni tuzish mumkin. 33-betdagi rebuslarni ham har ikkovini yonma- yon xuddi darslikda berilganidek, kattalashtirilgan nusxasini sinf xattaxtasiga ilib qo'yib, rebusga berkitilgan harflarni (1-rebusda u, b, m, o, ikkinchi rebusda y, l, o, i kabi) ular birgalikda uy so'zini hosil qilishini toptirish, ushbu harflar
ishtirokida ol, mol, yoy, bol, loy kabi so'zlarni tuzdirish mumkin. Bunday mashg'ulotlar bolalaming aqliy faolligini rivojlantiradi, mantiqiy va mustaqil fikrlashga o'rgatadi.
Darslikda ertakdan rasm-lavhalar, ular asosida matn berib borishga ham e'tibor berildi. Xususan, darslikning 16, 18, 31-betlarida Tt, LI, Uu harf- tovushlarni o'rganishga mo'ljallangan darslar uchun «Ochko'z bo'ri», «AH bobo va qirq qaroqchi», «Bo'ri bilan turna» ertaklaridan rasm-lavha va matnlar. berilgan. Ushbu o'rinda o'qituvchi rasmlarning qaysi ertak asosida chizilganligi va uning mazmunini bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga muvofiqdir. Xususfn, Alifbe davrining boshlang'ich bosqichida o'rganish uchun «Ochko'z bo'ri» ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni quyidagi tartibda o'rganish mumkin.
O'qituvchi bu ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o'quvchilarga ko'rsatadi. (Rasmlar sinf xattaxtasiga ilib qo'yiladi.)
- Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti?
- «Ochko'z bo'ri» ertagini.
- Yaxshi. Kim «Ochko'z bo'ri» ertagini aytib beradi? Albatta, o'quvchilarning javobini to'ldirgan holda, o'qituvchi ertakni qayta, obrazli va jonli ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suhbat o'tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha tasviri asosida berilgan matn o'qitilib, gaplar tuzdiriladi.
- Ana ot.
- Ot bo'ridan qo'rqmadi.
- U bo'rini tepdi kabi..
Shuningdek, har bir tovush-harf uchun tavsiya qilingan rasmlar ostida ularning so'z andozasi berilgan bo'lib, ular asosida so'zlarni tovush-bo'g'in tahlilini muntazam o'tkazib borish o'quvchilarning yangi bilimlarni mustahkam o'zlashtirishlariga asos bo'ladi.
Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so'zlarning bo'g'inlab berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda o'quvchining orfografik savodxonligini ta'minlashga, to'g'ri o'qish va yozish ko'nikmalarini tarkib toptirishga, qolaversa, o'quvchining lug'at boyligini, so'z zaxirasini oshirishga qaratilgan. Ushbu materiallar yangi bilimlarni mustahkamlashga oid mashg'ulotlarda o'quvchilar bilimini tekshirib ko'rishda asqatadi. O'qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o'quvchilarning to'g'ri yoza olishi, so'z boyligi, so'zlarni bo'g'inlarga to'g'ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o'rganish uchun 3 ta so'z andozasi berilgan boiib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan.
Birinchi andozani o'quvchilar mustaqil to'ldira oladilar, chunki bobo so'zidagi barcha harf-tovushlar o'quvchilarga tanish, beshik va baliq so'zlariga oid andozalarni to'ldirish emas, balki mazkur so'zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bo'g'inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'qituvchi: - Qani, beshik so'zini bo'g'inlarga ajrataylik-chi.
O'quvchilar: - Be-shik.
O'qituvchi: - Beshik so'zida nechta bo'g'in bor ekan?
O'quvchilar: - Ikkita.
O'qituvchi: - Juda to'g'ri.
Yangi o'rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so'zlarni shu xilda bo'g'inlarga bo'lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o'rganilgan so'zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to'ldirish o'quvchida orfografik savodxonlikni o'stirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o'qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta'lim jarayonini didaktik o'yinlar bilan uyg'unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar.
Ma'lumki, o'qituvchi didaktik o'yin darslarni o'tkazish uchun juda ko'p adabiyotlar bilan tanishishi, o'quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur.
Didaktik o'yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko'rish va baholash jarayonida qo'llanilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o'yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so'ng ommaviy o'yin darslarini o'tkazishi kerak. Chunki o'quvchilar didaktik o'yin darslarida ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko'nikma va malakalarni egallagan bo'lishlari zarur.
Savodga o'rgatish davrida qo'llaniladigan ba'zi didaktik o'yin mashg'ulotlaridan namunalar keltiramiz:
Mazkur didaktik o'yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo'llash mumkin. O'quvchilarga bir so'z o'qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so'zi. Agar o'quvchilar mazkur so'zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so'zni sinf xattaxtasiga yozib qo'yish mumkin. So'ngra so'zdagi har bir harfga alohida so'zlar toptiriladi.
«Ism» so'zidagi I, S, M harflari uchun o'quvchilar: I - ilon, S - sigir, M - maymun so'zlarini topadilar. O'qituvchi mazkur so'zlar ishtirokida gap tuzdiradi. O'quvchilar «Hayvonot bog'ida ilon, maymun bo'ladi, sigir esa bo'lmaydi»,
«Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so'zlarini bo'g'inlarga bo'lib o'rgatish, so'zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma'lumotni mustahkamlash asosida o'quvchilarning bo'g'in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi.
Sinf xattaxtasiga yozib yoki oldindan tayyorlangan plakat holatida kesma harflar o'quvchilarga quyidagi tartibda taqdim etiladi:
K O M S
L U N
T I
Demak, birinchi qatorda to'rtta, keyingisi uchta, undan keyingi-sida ikkita harf mavjud. Mazkur harflar ishtirokida kim ko'proq so'z topish o'yini o'ynaladi. O'quvchilar daftarlariga topgan so'zlarini yozadilar: mol, tol, mis, kino va h.k. Agar mazkur o'yin alifbe-gacha bo'lgan davrda o'tkazilsa, unda o'yin shartlari o'quvchilarga og'zaki tushuntiriladi va boshqa ishlar ham og'zaki bajariladi. Bun-fla qatorlardan birortasida harf o'rnida bitta bo'sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o'quvchilarga bo'sh katakchaga o'zi ma'qul ko'rgan harfni qo'yish imkoniyatini berish mumkin. Albatta, bu holda o'quvchida mustaqil fikrlash uchun ko'proq imkoniyat yuza-ga keladi.
Bo'g'in ustida ishlashga oid didaktik o'yinlardan savodga o'rgatish davridеk, imkoniyatga qarab yoki og'zaki yoxud yozma tarzda quyidagi topshiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O'qituvchi sinf xattaxtasiga birgina so'zni yozadi. Masalan: kaptar so'zi. Uni bo'g'inlarga ajratiladi: kap-tar. Endi har ikki bo'g'indan yana yangi so'zlar tuziladi: kap-kir, tar-vuz. O'yinni o'quvchilar jamoasining qiziqishini, tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda davom ettirish, yozma ishlar o'tkazish mumkin. Kataklarni to'ldiring» topshirig'iga asosan tayyorlangan quyidagi rebus o'yin ham o'quvchilarning bo'g'inga oid bilimini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.
Buning uchun sinf xattaxtasiga quydagicha katakchalar chiziladi:
O'qituvchi tomonidan katakchalarning biriga yoki ikkitasiga istalgan bo'g'in yoziladi. Qolgan kataklarni o'quvchilar o'zlari mustaqil to'ldirishlari lozim. Albatta bunda havola etilayotgan harflar soni ikkita bo'lsa, u so'zning birinchi bo'g'inini tashkil etishi tushuntiriladi.
Yuqoridagi o'yinlarni o'tkazish uchun o'qituvchi qirqma bo'sh kataklarni kerakli miqdorda oldindan tayyorlab qo'yishi alohida ahamiyatga ega. Bu qirqma bo'sh kataklardan savodga o'rgatish davri, keyinroq ona tili darslarida ham foydalanish mumkin.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasida yosh avlodning ta’lim-tarbiya ishlariga alohida e’tobor qaratilgan. Xususan, O’zbеkistоn Respublikasi Оliy Majlisining IX sеssiyasida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi Qоnun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” yosh avlоdni tarbiyalashning tamal toshlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Agar biz o’z kuchi, salohiytiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan teppa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata oladigan, bu murakkab, beshavqat hayotning past-u baland, chang-u tor ko’charidan Alloh bergan aql- zakovati bilan to’g’ri yo’lni topa olishga qodir bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirsak, o’ylaymanki, o’z maqsadimizga to’la erishgan bo’lamiz”. Yurtboshimiz ta’kidlagan maqsadni amalga oshirishda hamda mustaqil yurtimizga munosib farzandlarni tarbiya qilishda boshlan`gich talim juda muhim o’rin tutadi. Bоshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’limning eng muhim bosqichidir. Bоshlang’ich ta’limda boshlan`gich sinf o’quvchilariga ta’lim- tarbiya bеrishdagi muhim vazifalarning asоsiy qismi o’qish darslarida amalga оshiriladi.
Savod o’rtgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi.
Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasiga o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilishi jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.
O’qish va yozish kishi nutq faoliyatini turi bo’lib, u nutqqa oid malakadir. O’qish malakasini ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og’zaki hikoya qilish, o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati savod o’rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq.
O’quvchini savod o’rgatish jarayonida elementar o’qish va yozishga o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalgam oshuvini ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi yozishi zarur. O’qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni yuzaki yodlab olishga to’g’ri keladi.
Savod o`rgatish davri o`qish va yozuv darslarida o`quvchilar o`qish va yozuv malakasini muvaffaqiyatli egallashlari uchun bir qator amaliy ishlarni amalga oshirish zarurki, bular bolalarning ongli o`qish malakasi va imloviy savodxonligini, og`zaki va yozma nutqining to`g`ri rivojlanishiga, bola shaxsining umumiy kamolotiga ta`sir qilsin va ta`minlansin.
Savod o`rgatish davri o`qishva yozuv darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish dars samaradorligini oshiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |