1.2 Savod o'rgatish davrida grammatik - orfografik bilimlarni amaliy O'zlashtirish Savod o'rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o'zlashtira boradilar, ya'ni ularga mavzu tushintirilmaydi. bolalar og'zaki va yozma nutqni o'zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o'quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o'rganiladigan mavzularni o'zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda ko'p ismlarni o'qiydilar va kishilarning ismlari o'qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o'zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o'rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o'zlashtirishga tayyorlanadilar.
Til-dil, olti-oldi kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o'zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog'-bog'bon, kabi so'zlarni o'qishni mashq qilish esa bolalarni "O'zakdosh so'zlar" mavzusini o'zlashtirishga tayyorlaydi.
Propedevtik mashqlar tizimi boshang'ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til qoidalarini, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so'zlar bilan bog'langanda o'zgarishini kuzatish tajibasi to'plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o'quvchilar nazariy umumlashmalarni o'zlashtiradilar, bular asosida esa gramatik tushincha va arfografik qoidalar shakllanadi. Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa - aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o'qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to'g'ri yozishga oid amaliy bilimlar savod o'rgatish davridan boshlab shakllantiriladi.
O'quvchilarda nutq, uning og'zaki va yozma shaklda bo'lishi, nutqning gaplardan hosil bo'lishi va gap haqida amaliy tushincha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun o'qituvchi rasm yuzasidan 3-4 so'zli savollar tuzib keladi.
Masalan:
1. Rasmda nima tasvirlangan?
2. Aziz dalada nima qiladi?
3. Kimlar bog'da olma teryapti?
O'quvchilar javobi gap nusxasi xattaxtada quyidagicha tasvirlab beriladi.
O'quvchilar javobidan nima hosil bo'lgani aniqlanadi. So'ng o'qituvchi xattaxtada hikoyaning nusxasi chizilganini aytadi. o'quvchilar nusxalarni kuzatadilar.
O'qituvchi birinchi nusxa 1-berigan savolning - gapning javob gapi ekanini aytadi. So'ngra o'quvchilarga nechta savol berilganini aniqlash topshirig'i beriladi. Ularga "Chiziqning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga nima qo'yilgan?" kabi savollar bilan murojat qilinadi. Ular "3 ta savol-3 ta gap berilgan edi, shuning uchun 3ta javob -3ta gapning nusxasi chizilgan" deyishadi. O'quvchilarning javobi hisobga olgan holda gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan ko'rsatilishi, oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgisi nuqta qo'yilgani tushintiriladi. o'quvchilarning javobini tartiblashtirib va to'ldiri, quyidagicha xulosa chiqariladi. Demak nutqning gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2,3,4 ta va undan ham ko'p gap bo'ladi. gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga nuqta qo'yiladi.
Navbatdagi darslarda gapning boshqa xuo'tilayotgan mavzu va rasmlarga bog'liq holda o'rgatib boriladi.
Umuman, xat-savod o'rgatish jarayonida o'qish va yozuv darslarida gap, gapning so'zlardan tuzilishi, gapda so'zlarning alohida alohida yozilishi gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so'roq, undov belgisi qo'yilishi, gapning birinchi so'zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushincha beriladi.