Mavzu Sayirning bolalar hayotidagi ahamiyati. Bolalarning toza
kuzatuvchanlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berish zarur, bu ularning xar tomonlama rivojlanishlariga yordam beradi. Bolalarni arzimas hodisalarni chetlab o‘tmaslikka o‘rgatish lozim, chunki bular bolalar uchun keyinchalik katta ahamiyatga egadir. Shu bilan bir vaqtda lug‘atni boyitish, bolalarda so‘zlashuv nutqini, ko‘rilgan va eshitganlar haqida to‘g‘ri so‘zlab berish malaka-ko‘nikmasini rivojlantirish vazifalari hal etilgan bo‘ladi, bular tarbiyachining maqsadga qaratilgan ishlari natijasida shakllanadi. Asosiy e’tibor sensor, emotsional jrayonga qaratiladi, ular tashqi tomondan bolalar uchun yashirin bo‘lgan, ularning tevarak-atrof tabiatidan oladigan bilimlarining mazmuniga chuqurroq kirib borishga intilishini ta’minlaydi. Taqqoslash, eslash, qismlarga ajratish, umumlashtirish, o‘zaro bog‘liqliklarni anglay boshlash, hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, ularning rivojlanishini ko‘rishga harakat qilish - bola ijodiy izlanishnning namoyon bo‘lishi, faolligini safarbar qnlishdir. Yuqorida bayon etilgan tasavvurlarni, bilim va tushunchalarini shakllantirish uchun sayr, tajriba, kuzatish, sayr vaqtida o‘yin, bolalar amaliy mehnat faoliyati turlari, badiiy adabiyotlardan foydalaniladi Ularni bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning umumiy rejasiga kiritish va kundalik hayotda o‘tkazish mumkin (buning uchun sayr qilish, kechki soat va mashg‘ulotlardan foydalanish mumkin).