Mavzu Sayirning bolalar hayotidagi ahamiyati. Bolalarning toza
Bu tabiat bilan tanishtirish mazmuniga tirik tabiatda mavjud bo‘lgan ba’zi bog‘liqliklar haqidagi bilim va tushunchalar kiradi. Ta’lim berishda, tirik tabiatda mavjud bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik haqidagi bilim, tushuncha va tasavvurlar bevosita kuzatishlar yo‘li bilan olib borilganda ko‘rgazmali bo‘lishga alohida e’tibor berish kerak. Hayvonot olami bilan va odam bilan o‘simliklarning bog‘liqligiga katta ahamiyat berish lozim. Masalan, asalarilar hayoti o‘simliklar olami bilan bog‘liq. Asalarilar gullaridan faqat oziq olibgina qolmay, balki ular shu bilan birga o‘simliklarga foyda, ham keltiradi, ular o‘simlikni changlantiradi, natijada o‘simlikning hosildorligi oshadi. Bundan tashqari, ular o‘simlik orqali va o‘zining shaxsiy asal yetishtirishi orqali odamga foyda keltiradi. Boshqa misol: shira o‘simlikni yeydi, xonqizi va chumolilar esa shira lichinkalari bilan oziqlanib o‘simliklarni zararkunandalardan saqlab qoladi hamda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Ipak qurtining hayoti o‘simlik va odam bilan chambarchas bog‘liq. Shunday qilib, tabiatda hech bir narsa bekordan-bekorga yashamaydi, hammasi o‘zaro aloqada va bir-biriga bog‘liq bo‘ladi, degan tushunchani bolalar ongiga yetkazish mumkin. G‘o‘za ustida kuzatish olib borayotganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi kishi mehnati va tabiat omillarining axamiyatini ko‘rsatish bilan birga ular e’tiborini yana shunga jalb etish kerakki, odam mehnati va o‘lkamizning muayyan iqlim sharoitisiz paxta yaxshi unmas edi hamda kungildagi yuqori xosilni bermagan bo‘lardi, g‘o‘za qimmatbaho xomashyo bergani uchun, odam uni parvarish qiladn, xomashyo odamga ovqat uchun, kiyim-bosh uchun, turmush uchun zarur. Butun ish davomida bolalarda