Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasini tashkil etish nazarda tutiladi.

– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish;

– "O'zavtoyo'l" davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarini O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining hududiy bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etish;
– O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatini belgilangan tartibda tashkil etish;