mumkinmi? G.Fexner absolyut va farq qilish chegaralarini o`lchashning bir necha metodlarini taklif kildi.
Bunday metodlardan biri minimal o`zgaruvchilar yoki chegara metodi deb yuritiladi.
Bu metodning mohiyati uning nomidan ko`rinib turibdiki, oldindan tayyorlangan qo`zg`atuvchilar shunday berib boriladiki, ular bir-biridan minimal darajada farq qilishini aniqlash mumkin bo`ladi. Qo`zg`atuvchi goh ortib, goh kamayib boruvchi tartibda beriladi. Har bir turkum qo`zg`atuvchilar tartibi javoblarning o`zgarishi bilan belgilanadi. («ha», «yo`q», «ko`ryapman», «ko`rmayapman»). Odatda sezgirlikni o`lchash kamayib boruvchi qo`zg`atuvchilar berib borishdan boshlanadi. Qo`zg`atuvchining ta`siri sezilmay kolguncha davom ettiriladi. Ortib boruvchi qator uchun ham shunday tartibda o`tkaziladi. Tajribaning har bir qismi 6 martadan 15 tagacha takrorlanadi. Sezgirlikning absolyut chegarasi sifatida ularning o`rtacha arifmetik qiymati (M) olinadi.
bu erda RL - o`rtacha sezgirlikning absolyut chegarasi, L - har bir o`suvchi va kamayuvchi qo`zg`atuvchilar qatorining chegara qiymati, N - qo`zg`atuvchilar qatorining umumiy soni. Tekshiriluvchilar javoblarining variativligi o`rtacha kvadratik chetlanish( )yordamida aniqlanadi o`rtacha xatolar quyidagicha aniqlanadi.
? Sezgirlik chegaralarini o`rganishda ko`proq qaysi metodga asoslaniladi? Sezgirlikning absolyut chegarasini aniqlash maqsadida doimiy qo`zg`atuvchilar yoki konstant metodidan ham foydalaniladi. Bu metodni boshlashdan avval chegara zonasining diapazonini aniqlab olish kerak. CHegara zonasi, tekshiriluvchi qo`zg`atuvchini sezadigan yoki sezmay qoladigan intensivligi zonasidir. Bu zona teng bir-xil toq bo`lgan intervallarga bo`linib olinadi. (5 dan 9 gacha). SHuning uchun ham qo`zg`atuvchilarning barcha kuchlari o`rtasidagi farq doimo bir xildir.
Sezgirlikning farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida ham minimal o`zgaruvchilar metodidan foydalaniladi. Farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida dastlab etalon qo`zg`atuvchini ajratib olish kerak. Dastlab etalon qo`zg`atuvchi, keyin o`zgaruvchi qo`zg`atuvchilar bir vaqtda beriladi. Tekshiriluvchi “katta”, “kichik” yoki «teng» deb javob berishi kerak bo`ladi. Natijalarni tahlil qilish uchun javoblar o`zgarishi “kichikdan tengga” “tengdan katta”ga o`tishining chegarasini aniqlash zarur bo`ladi. “katta” va “ kichik” degan javoblarning o`rtacha qiymati topiladi. Ular o`rtasidagi farq noaniqlik intervalini belgilaydi. Noaniqlik intervalining teng yarmi qidirilayotgan farq qilish chegarasini topish imkonini beradi.