Mavzu: Sezgi psixofizikasi. R e j a


Р1 E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori. Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov



Yüklə 48,28 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2022
ölçüsü48,28 Kb.
#74575
1   2   3   4
Mavzu Sezgi psixofizikasi. R e j a

Р1
E - sezgirlik P-qo’zg’atuvchining ta'sir me'yori.
Ko’rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning tajribalarida ko’rsatilganidek, kishining ko’zlari to’r pardagi bor yo’g’i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug’likni ko’ra oladi. Tim qorong’ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko’rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko’rish va eshitish sezgilari hosil bo’lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid quvvat talab qilinadi.
Analizatorning mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki yuqori chegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb qo’zg’atuvchining kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko’rsatayotgan qo’zg’atuvchiga aynan o’xshaydigan sezgi hosil bo’ladi. Bizning reseptorlarimizga ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchilar kuchining yana ham oshishi og’riq sezgisini hosil qiladi.
Nemis fiziologi E.Veber (1795-1878) kishining o’ng va chap qo’llarida ko’tarib turgan ikkita narsaning qaysi biri og’irroq ekanligini aniqlay bilish qobiliyatini tekshirar ekan, farq ajratish sezgirligi mutloq emas, balki nisbiyligini qayd etgan edi. Bundan qo’shimcha qo’zg’atuvchining asosiy qo’zg’atuvchiga nisbatan doimiy o’lcham bo’lishi kerak, degan ma'no kelib chiqadi. Jumladan, qo’lda 100 gramm og’irlikdagi yuk turgan bo’lsa yukning bilinar-bilinmas og’irligini payqash uchun og’irlik 3.4 gramm atrofida oshirilishi kerak. Yukning og’irligi 1000 gramm bo’lgan taqdirda esa sezgi hosil qilishida salgina farq sezishi uchun og’irlik 33.3 gramm chamasi oshirilishi kerak. Shunday qilib, ilk qo’zg’atuvchining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, unga qo’shimcha ham shunchalik katta bo’lishi lozim.
Farqlanishning boshlanishi mazkur analizator uchun doimiy bo’lgan nisbiy o’lchash bilan belgilanadi. Ko’rish analizatori uchun bu nisbat taxminan ni, eshitish analizatori uchun ni, taktil analizatori uchun, ni tashkil etadi. Bu holatni tajriba yo’li bilan tekshirish uning faqat o’rtacha kuchga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar uchun urinish ekanligini ko’rsatadi.
Nemis fizigi G.Fexner (1801-1887) Veber o’tkazgan tajribalarda olingan ma'lumotlarga asoslanib, sezgilarning jadalligi qo’zg’atuvchining kuchiga bog’liqligini quyidagicha shaklida ifodalangan edi.
S = KLg j +C
Bunda S - sezgining jadalligini, j - qo’zg’atuvchining kuchini, K va C konstantlar o’zgarmas, doimiyligi va miqdorlarni bildiradi. Asosiy psixofizik qonun nomi bilan yuritiladigan qonun quyidagicha izohlanadi. Sezgining jadalligi qo’zg’atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Boshqacha qilib aytganda, qo’zg’atuvchining kuchi geometrik progressiya yo’li bilan osha borgan taqdirda sezgilarning jadalligi arifmetik progressiya yo’li bilan oshadi. Bu qonun Veber - Fexner qonuni ham deb ataladi.
Psixofizika umumiy psixologiyaning klassik bo`limlaridan biri bo`lib, uning asoschisi Gustav Teodor Fexner (1801-1887) hisoblanadi. Psixofizikaning o`ziga xos tomoni. Kuzatilayotgan hatti-harakat va ruhiy holatlar eng avvalo ularni vujudga keltirgan turli fizik (tabiiy) sharoitlar orqali tushuntiriladi. Ayniqsa, sensor va pertseptiv faoliyatini psixofizik o`rganilishi yaxshi rivojlangan bo`lib tadqiqotlar 2 xil yo`nalishda 1-sezgirlik chegaralarini o`rganish: 2-psixofizik shkalalar tuzish; tarzida tashkil etiladi.
Tekshiruvchilar ish holatini yozib olishning zamonaviy vositalaridan foydalanish nafaqat sensor va pertseptiv jarayonlarni, balki ichki faollik va qaror qabul qilish kabi holatlarni ham o`rganish imkonini beradi. Psixofizikaning zamonaviy uslublaridan biri R.SHepardning ko`p o`lchovli shkalalashtirish metodikasidir. Uning yordami bilan sezgirlikning eng muhim va o`ziga xos tomonlari o`rganiladi. Bunday tadqiqotlar nafaqat sezgirlik psixofizikasida, balki hissiyot psixologiyasida, psixodiagnostika va psixosemantikada ham keng qo`llaniladi.
Psixofizik muammo keng ma`noda birinchidan, psixikaning tabiatdagi o`rni, tor ma`noda esa psixologik va fiziologik jarayonlarning o`zaro nisbatidir. Ikkinchidan, psixofizika muammosini psixofiziologik muammo, deb atash mumkin. Psixofizik muammolar - XVII asrda R.Dekart jonli organizmlarning xulq-atvorini mexanik o`zaro ta`sir sifatida qarash kerakligi haqidagi g`oyani ilgari so`rgandan so`ng, ayniqsa, dolzarb bo`lib qoldi.
Bu g`oyaga ko`ra ongning tushuntirish qiyin bo`lgan aktlari jismsiz fazoviy bo`lmagan substantsiyaga kiritilgan. Bu substantsiyaning “tana mashinasi” ishiga munosabati R.Dekartni psixofizik o`zaro ta`sir kontseptsiyasini ilgari surishga undadi, ya`ni tana faqat harakat qiladi, jon faqat fikrlaydi, ular miyaning muayyan qismida bir-biriga ta`sir etadi.
T.Gobbs va B.Spinoza bu g`oyaga qarshi chiqib, o`z qarashlarini ilgari surishgan. Gobbs, sezgini moddiy jarayonlarning yordamchi predmeti, deb qarasa, Spinoza g`oyalar tartibi, xuddi buyumlar tartibiga o`xshaydi, deb ko`rsatadi. G.V.Leybnits, mexanistik qarash bilan psixikani noyob mohiyat, deb qarashni bir-biriga aralashtirgan holda psixofizik parallelizm g`oyasini ilgari surdi. Uning fikricha tana va jon o`z operatsiyalarini bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda bajaradi, lekin ular o`rtasida nihoyatda nozik kelishuvchanlik mavjud. Ular bir-biriga bog`liq bo`lmay yurayotgan, lekin bir vaqtni ko`rsatayotgan ikkita soat strelkasiga o`xshaydi.
X1X asrning oxiri XX asr boshlarida psixofizik muammoni mexanizm yo`nalishida talqin qilish keng avj oldi. Bu oqim jon va tanani bir xil elementdan tashkil topgan, deb hisoblaydi.
Juda ko`plab asarlarda psixofizik muammolar, psixikani yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xossasi, ya`ni jonli mavjudot bilan tashqi dunyoning o`ziga xos ta`siri natijasi sifatida qarash orqali tushuntiriladi. Psixofiziologiya va u bilan bog`liq ko`pgina fanlarning tarmoqlarida psixik aktlar va ularning fiziologik substratlarining bog`liqligi haqida boy ma`lumotlar to`plandi.

?
Sezgirlikni tajriba asosida o`rganishning ahamiyati
qanday?
Tashqi olam haqidagi bilimlar asosi sezgilardir. Sezgi tashqi olamdagi predmetlarning sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etish bilan ularning xossalarini inson miyasida aks ettirilishidir. Sezgi qo`zg`atuvchining maxsus energiyasiga aylantirilishi natijasidir.
Afferent tizim organizmning umumiy holatini ma`lum darajada aks ettirish imkoniyatiga ega. eksperimental yo`l bilan bilinar-bilinmas sezgirlikni vujudga keltiradigan qo`zg`atuvchining minimal kuchini aniqlash mumkin. Bu minimal intensivlikni psixofizika asoschisi G.T.Fexner sezgi a`zolari sezgirligining absolyut chegarasi bilan sezgi a`zolari sezgirligi o`rtasida teskari proportsional aloqa mavjud: chegara qanchalik kichik bo`lsa, sezgirlik shuncha yuqori bo`ladi, deb ta`riflaydi. Buni quyidagi, formula bilan izohlanadi;

bu erda E - sezgirlik, RL - sezgirlikning absolyut chegarasi. Inson sezgi a`zolari yordamida qo`zg`atuvchilar o`rtasidagi farqni ham ajrata oladi. qo`zg`atuvchining ikkita kuchi o`rtasidagi bilinadigan farq sezgirlikning farq qilish chegarasi, deb ataladi. Farq qilish chegarasi DL bilan belgilanadi, u qanchalik yuqori bo`lsa, chegara shunchalik past bo`ladi.

Nemis fiziologi e.Veber X1X asrda eksperimental yo`l bilan farq qilish chegarasining kuchi nisbiyligi, qo`shimcha minimal qo`zg`atuvchi dastlabki qo`zg`atuvchining kuchiga nisbatan doimiy mikdor ekanligini isbotladi.
Fexner sezgirlik intensivligining o`zgarishi fizik qo`zg`atuvchining kuchiga bog`liqligini quyidagicha ifodalaydi:

bu erda Ed q farq qilish sezgirligi, s- konstanta , r - qo`zg`atuvchining kuchini ( R ) sezgirlikning absolyut chegarasiga nisbati ( RL ) ya`ni
G.Fexner psixofizik qonunni quyidagicha ifodalaydi. sezgirlik kuchi qo`zg`atuvchining absolyut qiymatiga emas, balki qo`zg`atuvchi kuchininng logarifmiga proportsionaldir.

?
Sezgi qonuniyatlarini kuzatish orqali ham o`rganish

Yüklə 48,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin