Mavzu: shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Reja



Yüklə 8,87 Mb.
səhifə2/6
tarix24.09.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#147739
1   2   3   4   5   6
3 mavzu Шахар йўлларини таъмирлаш ва сақлаш мавзуси

To‘shama konstruksiyalariga ta’sir etuvchi asosiy namliklar:
-Atmosfera suvlari, qoplama yoriqlari, yo‘l yoqasiga singadigan, qatnov qismi va yo‘l yoqasi birlashadigan yerlarida;
-qoplama usti, kyuvetlarda turib qoladigan suvlar;
-yer osti suvlari, ayniqsa yer yuzasiga yaqin suvlar;
-bug‘ shaklidagi, issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga o‘tib yuruvchi suvlar.
Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘tarma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi sun’iy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi.
Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi, yo‘l poyini va to‘shamasini namligini oshiradi.
Bo‘ylama qiyaligi bo‘lgan yo‘llarda oqimni ta’siri kuchayishi evaziga yo‘l to‘shamasining cheti va yo‘l yoqasining yuvilishi, ulardan suv oqib o‘tgan joylarda ko‘tarmani yuvilishi ro‘y beradi.
Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi.
Yo‘l poyi va to‘shamasini yuzasi mustahkamlanadi va suv qochiruvchi ariqlar quriladi. O‘ymalarda suv atrof joylardan oqib keladi, bu yo‘l yoqasini yuvib, surilish hosil qilishi mumkin.
Qish vaqtida grunt g‘ovagini to‘ldiruvchi suv muzlaganida hajmi oshadi va yo‘l poyini shishiradi, bu holat yo‘l poyida muzlashdan ko‘pchish, erigandan so‘ng buzilishlarni yuzaga keltiradi.
Yo‘l poyi gruntini muzlashdan ko‘pchishi yoki hajmini ruxsat berilgandan oshishi yo‘l to‘shamasini buzilishiga olib keladi.
Yo‘l poyini yuqori qismi gruntini namlanishi suv o‘tkazmaydigan yo‘l to‘shamasini pastki yuzasida kondensatsiyadanadigan bug‘ holatdagi suv bilan namlanishlarni yuzaga keltiradi. Muzlash darajasi chuqur bo‘lgan joylarda yo‘l to‘shamasining ko‘tarilib qolishiga olib keladi.
Yo‘l to‘shamasining kapilyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan namlanishdan saqlash va yo‘l poyi turg‘unligini ta’minlash uchun unga bug‘ va suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Organik material bilan ishlangan yoki sintetik materiallar ko‘rinishidagi qatlamlar suvni kapilyarlar orqali ko‘tarilishiga va yo‘l poyini yuqori qatlamida hamda yo‘l to‘shamasida yig‘ilishiga qarshilik qiladi. Yo‘l to‘shamasini suv-isssiqlik tartibini yaxshilashga qaratilgan ishlar yo‘l to‘shamasini qurish davrida amalga oshiriladi. Masalan: drenaj, issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam va boshqalar.
Suv qochiruvchi inshootlar asosan quritish va yo‘l to‘shamasini suv-issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, poyini qurib bo‘lgandan so‘ng yo‘l to‘shamasini qurilishida quriladi. Ularga drenaj va issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek qumli drenajli qatlamni quritish uchun drenajlar kiradi.
Qoplama mustahkamligi yo‘l qoplamasining ravonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, harakat tezligining ta’minlanishiga va transporti vositalarinidan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qoplamada asta-sekin mustaxkamlik pasayishi sababli qoplamada har xil deformatsiya va buzilishlar paydo bo‘ladi.
Deformatsiya - qoplama zarralarining holatini birmuncha o‘zgarishi, ko‘chishi bilan bog‘liq. Qoplamani deformatsiyasi yonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar o‘lcham va shaklini, qoplamani og‘irligi o‘zgarmasdan va yaxlitligini yo‘qotilishi. Egiluvchan va qoldiq (plastiklik) deformatsiyalarga bo‘linadi.
Egiluvchan deformatsiyalar ta’sir qilgan yuk (o‘tishidan) olingandan so‘ng o‘sha vaqtda yo‘qoladi. Qoldiq deformatsiya esa ta’sir qilgan yuk olingandan so‘ng qaytmaydi va bu xolat takrorlanishi ta’sirni yig‘ilishga olib keladi.

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin