Mavzu: shahar yo‘llarini saqlash va ta’mirlash. Reja



Yüklə 8,87 Mb.
səhifə3/6
tarix24.09.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#147739
1   2   3   4   5   6
3 mavzu Шахар йўлларини таъмирлаш ва сақлаш мавзуси

Buzilish – o‘lchamlari o‘zgarishi, shakli va og‘irligi qoplamani yaxlitligini yoqotilishi.
Agar yo‘l qoplamasi hamma qoidalari va normalarga asosan qurilgan bo‘lsa, bu yo‘lda buzilishlar bo‘lmaydi (qoplama emirilishidan tashqari), lekin zamonaviy transportdan tushayotgan yuk ta’sirida va tabiiy-iqlim faktorlari ta’sirida deformatsiyalar xosil bo‘ladi, ruxsat etilgan xolatdan oshmaydi.
Yo‘l qoplamasining deformatsiyasi uchta holatda unga tushadigan turli darajadagi yuklarga bog‘liq.
Birinchi holatda agarda yuk yuqori darajada katta bo‘lsa, yo‘l to‘shamasi va yo‘l poyi yaxshi mustahkamlangan bo‘lsa yo‘l qoplamasi buzilmaydi, faqat egilish bo‘ladi, yuk o‘tishi bilan oldingi holatiga qaytadi.
Ikkinchi holatda yuklarning oshishi yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘l to‘shamasi va poyida mustahkamlikning pasayib borishi evaziga mayda plastik deformatsiyalarni paydo bo‘lishi.
Uchunchi holatda yo‘l to‘shamasining mustahkamligi ob-havo va TV dan keladigan ta’sir hisobiga pasayishi evaziga mustahkamlikning me’yor talablariga javob bermasligi evaziga yo‘l to‘shamasida va qoplamasida deformatsiyalar va buzilishlar yuzaga keladi.
Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi katta og‘irlikdagi yuklar evaziga egilish darajasiga bog‘liq.
Juda katta yuk yoki yo‘l poyi gruntining mustahkamligi pasayishi hisobiga deformatsiyalanish asta-sekin yig‘ilib boradi. Bu deformatsiyalarni o‘z vaqtida oldini olmaganligi, zarur choralar ko‘rilmaganligi sababli yo‘l to‘shamasida buzilishlar yuzaga keladi.
TV g‘ildiragini bosimi ta’sirida yo‘l to‘shamasining qismida egilishlar yuzaga keladi.
Bahor yoki kuz oylarida gruntning namligini ortishi natijasida mustahkamligi kamayadi. BU davrda og‘ir yuklarni harakatlanishi hisobiga yo‘l to‘shamalarida sinishlar, buzilishlar kuzatiladi. Bunday holatlarda buzilish va deformatsiyalarning oldini olish uchun 2-3 haftaga yo‘ldan og‘ir yuklarni harakatini taqiqlab qo‘yadi.

3.1-rasm. Yo’l o‘shamasidagi deformatsiya va buzilishlarning ko‘rinishi:


1 – cho‘zilish oralig‘i; 2 –egilish; 3 – to‘shamani siqilgan joyi; 4 –yo‘l to‘shamasida yoriqlar; 5 – to‘shamani yuqori kesilishlari; 6 – yo‘l to‘shamasining deformatsiyasi; 7-gruntning surilish yo‘nalishi; 8 – gruntning siqilish yo‘nalishi; 9 –yo‘l to‘shamasining asosidagi gruntning holati; 10 –gruntga berilayotgan bosim maydoni

Asfaltobetonning deformatsiyasi asosan bitumning toshlarni qoplab, bir-biriga bog‘lab turgan yupqa qatlamida yuz beradi. Bitumning deformatsiyaga chidamligini oshirish uchun uning mustahkamligini oshirish muhim ahamiyatga ega.


Deformatsiyani quyidagi guruhlarga va turlariga bo‘linadi:
Ob-havo ta’siridan paydo bo‘ladigan deformatsiyalar. (turli ko‘rinishdagi yoriqlar, past-balandliklar, uvalanish, erish va eskirish);
Transportning mexanik ta’siridan paydo bo‘ladigan deformatsiyalar (yemirilish, iz bo‘lib qolish, ishqalanish, chuqur, cho‘qish, ezilish va qoplama chetining ajralib chiqishi);
Tuproq va gidrologik omillar natijasida paydo bo‘ladigan deformatsiyalar (qabarish, bikirlik qoplamani egilishi, bo‘ylama yoriqlar va cho‘kish);
Ishlab chiqarish kamchiliklari natijasida paydo bo‘ladigan
deformatsiyalar (deformatsiyaning hamma turlari).
To‘shamalarni buzilishlari vaqt o‘tishi bilan undagi yoriqlar, cho‘kishlar, bo‘rtish, chuqurchalar va boshqa turdagi o‘zgarishlar ko‘rinishda sodir bo‘ladi. To‘shamadagi bu o‘zgarishlar qoplamaning turlariga ham bog‘liq bo‘lib, turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Cho‘kish-yetarli darajada qatlamning zichlanmagan qismida va grunt namligini me’yordan ortib ketishidan sodir bo‘lib, grunt xossasi va gidrogeologik sharoitlarga bog‘liq. Qoplama chekkalarida avtomobil g‘ildiraklari ta’sirida namligi ortib ketgan va yetarli zichlanmagan joylarda izli bo‘ylama chuqurlar hosil bo‘ladi.
To‘shamalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarish va buzilishlar asosan unga ta’sir etuvchi kuchlar hisobiga sodir bo‘ladi. Bular ezilish, siljish, to‘lqinsimon, tarnovsimon izlar va notekis cho‘kishlardir.
Ezilish – organik bog‘lovchilar qo‘shib qurilgan qoplamalarda kunning isib ketishi va me’yoridan ortiq ortiq qo‘shilganda yuqori plastik holatga ega bo‘lib, kuch ta’sirida siqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday hol ko‘pincha og‘ir yukli transport vositalarini muntazam to‘xtash joylarida kuzatiladi.

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin