Mavzu: Shavkat Mirzyoyev yangi O‘zbekiston prezenti. Islohatlar va davlat dasturi



Yüklə 0,68 Mb.
tarix29.08.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#140892
Shavkat Mirzyoyev yangi O‘zbekiston prezenti. Islohatlar va davlat dasturi1

Mavzu:Shavkat Mirzyoyev yangi O‘zbekiston prezenti. Islohatlar va davlat dasturi.


Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (tugʻ. 24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — 2016-yil 14-dekabrdan Oʻzbekiston Prezidenti, 2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan 14-dekabrgacha Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti. 2016-yil 4-dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi
Prezident 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
O'zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishari
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar
Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yana bir muhim islohotlaridan bulib bu - Orol dengizining suvi qurigan tubida oʼrmon barpo qilinishi. BMT qoshida Orol dengizi mintaqasida Inson xavfsizligi boʼyicha Trast fondining ishga tushirilishi, BMT Bosh assambleyasi Orolboʼyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʼgʼrisidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi
Orolbo‘yi mintaqasida so‘nggi yillarda ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish hamda aholi turmush tarzi va daromadlarini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.Orolbo‘yi mintaqasida ekologik fojianing oqibatlarini yumshatish hamda mavjud ahvolni yaxshilash uchun 2 million gektar yangi daraxtzor va o‘simlik maydonlari barpo etildi.Orol dengizi mintaqasiga moslashgan o‘simliklarning sanoat plantatsiyalarini yaratishda foydalanish uchun Tottori universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda yog‘ochli daraxtlarning tez o‘sadigan, jumladan, jiyda, aylant, Kanada toli va pavloniya kabi turlarini tanlab olish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) moliyaviy ko‘magida Orol dengizining qurigan tubidan 10 xildan ortiq tuproq tiplarini bir joyga to‘plash va ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida lizimetrik tadqiqot maydonchasi barpo etildi va tadqiqot ishlari boshlandi.
Davlat dasturining asosiy maqsadi — yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalq farovonligini oshirishga qaratilgan.
“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.
So‘nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Yoshlar tadbirkorligini kompleks rivojlantirish va yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish bo‘yicha joylarda maqsadli dasturlar amalga oshirilmayapti hamda zarur infratuzilma yaratilmagan, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishning eng muhim sharti hisoblanadi.
Joylarda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoshlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirishga, ularga biznes tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini singdirishga hali ham befarq va beparvo munosabatda bo‘lmoqda.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin