Mavzu: shaxs nazariyasi reja


 Shaxs haqida psixologik nazariyalar



Yüklə 41,46 Kb.
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü41,46 Kb.
#175234
1   2   3   4   5
Mavzu shaxs nazariyasi reja

4Shaxs haqida psixologik nazariyalar

: falsafiy-adabiyot, klinik va tajribaviy.
Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo‘lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo‘ldi. Shaxs haqidagi birinchi ta’riflar etarli darajada kengroq edi. Ular o‘z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o‘ziniki bo‘lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
XIX asrning birinchi o‘n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, zatormojennosti va qo‘zg‘aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham aksentuirovannuyu shaxsga ta’rif berish mumkin edi. Shunga qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin.
XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi. Shu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qoldi.

Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-344-358.
2. Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.75-79.
3. David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-553-593.
 
Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati:
1. www.expert.psychology.ru 
2. www.psycho.all.ru 
3. www.psychology.net.ru 
4. www.psy.piter.com 
Yüklə 41,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin