tarbiya. Uchinchidan, texnika ta’limi‖... Bu ta‘rifning ahamiyati bizning kunlarimizda ham g`oyat kattadir. K.Marks bu ta‘rifda jismoniy tarbiyani tarbiyaning boshqa turlari bilan bir qatorga qo`yadi va uni pedagogik sistemaning uzviy qismi sifatida belgilaydi, bu sistemaning uzviy qismi sifatida belgilaydi, bu sistemaning maqsadi har taraflama rivojlangan kishilarni tayyorlashdan, insonni jamiyatning buyuk ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida tayyorlashdan, insonni jamiyatning buyuk ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida tayyorlashdan iborat. K.Marks bilan F.Engels ishchilar sinfini jismoniy tarbiyalashni kapitalistik jamiyat sharoitlarida ham qisman amalga oshirish mumkin, deb hisobladilar. Bu imkoniyat, bir
tomondan, burjuaziyaning malakali ishchi kuchiga bo`lgan ehtiyoji bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, ishchilar sinfining uyushqoqlik ko`rsatib, bildirilgan talablari bilan belgilanadi. ―Tarbiyaga doir fabrika katlarining umumiy moddalari naqadar ayanchli holda, - deb yozgan edi K.Marks, - ular boshlang`ich ta‘limni mehnatning majburiy sharti deb e‘lon qildilar. Ularning muvaffaqiyati t a ‘ l i m v a g i m n a s t i k a n i j i s m o n i y m e h n a t b i l a n, b i n o b a r i n, j i s m o n i y m e h n a t n i t a ‘ l i m v a g i m n a s t i k a b i l a n q o` sh i sh imkoniyati borligini birinchi marta isbotlab berdi‖ (razryad bizniki. – A.N.). K.Marks bilan F.Engels tarbiyani, jumladan, jismoniy tarbiyani ishchilar sinfini revolyusion janglarga tayyorlash bilan bog`ladilar. Ular revolyuseonerning sihat-salomatligi to`g`risida, jismoniy tarbiyasi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni partiyaviy burch deb hisobladilar. Marks bilan Engels insonni har tomnlama o`stirishning bosh qismlarini aniqlab, ularning yo`nalishini belgilab berdilar. Yagona tarbiya tizimining bir qismi sifatida jismoniy tarbiya, deb ko`rsatishdi ular, dastavval mehnat yo`nalishiga egadir. Marks jismoniy tarbiyaning mehnat faoliyati bilan aloqasiga qanchalik katta ahamiyat berganligining dalili shuki, u kelgusida tarbiya ishlab chiqarish mehnatini gimnastikani ham o`rganish bilan qo`shadi, shu bilan birga bu ijtimoiy ishlab chiqarishni oshirish metodigina bo`lib qolmay, ayni paytda har tomonlama rivojlangan kishilarni vujudga keltirishning ham yagona metodi bo`lib qoladi, degan fikrni izhor etgan edi. K.Marks odamni mehnat qilishga tayyorlashda jismoniy tarbiyaning juda katta roli borligi to`g`risidagi masalani chuqur va konkret yo`lga qo`ygan edi. Marks odamga jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida qaraganida, ishchi kuchini tahlil etganida, bu ayniqsa ko`zga yaqqol ko`rinadi. ―Ishchi kuchi yoki mehnatga layoqat deganda, - deb yozadi K.Marks, - biz organizm, insonning jonli shaxsi ega bo`lgan hamda biror iste‘mol qiymatini ishlab chiqarayotgan paytda har gal ishga tushiradigan jismoniy va ma‘naviy layoqatlarning jamini tushunamiz‖. Marks jismoniy sifatlar deganda nimani tushunadi hamda ishchi kuchlarining sharoitlarini va ana shu fazilatlarini tarbiyalash jarayonini qanday tasavvur etadi? Marks bunday deb yozadi: ―Ishchi kuchi uning tashqi ko`rinishi bilan amalga oshiriladi va mehnatdagina o`zini real narsaga aylantiradi. Ishchi kuchini amalga oshirish jarayonida, mehnatda muayyan miqdorda muskullar, asablar, miya va hokazolar ishga solinadi. Bu miqdorning o`rni qoplanishi kerak. Bu zo`r berib kuch sarf qilish, zo`r berib bu kuchning o`rnini qoplashni ko`zda tutadi. Ishchi kuchining egasi, mehnatkashlar butun kuchi va sihat-salomatligining avvalgi sharoitlarida ertaga ham huddi o`sha jarayonni takrorlash imkoniyatiga ega bo`lishi kerak‖. Demak, K.Marks odam mehnat qila olishi uchun o`zining kuchi va sihat-salomatligini takomillashtira borishi zarurligini, u o`zining tabiatini o`zgartirish kerakligini va Shu tariqa mehnatning muayyan tarmog`idagi ko`nikmalarni egallash uchun zarur sharoitlarni yaratishi lozimligini ravshan tasavvur etgan holda ishonchli tarzda ko`rsatadi. Buning uchun esa ―muayyan bilim yoki tarbiya talab etiladi‖ Jumladan, jismoniy tarbiya talab etiladiki, undan jamiyat insonning jismoniy kamolotini boshqarish vositasi sifatida, ishchi kuchlarni qayta ishlab chiqarish vositalaridan biri sifatida foydalaniladi. F.Engels o`zining harbiy masalalarga bag`ishlangan asarlarida jismoniy tarbiyaga katta e‘tibor beradi.
Xulosa
Hech kim jismoniy madaniyat va sportning o'zgaruvchan kuchi bilan taqqoslay olmaydi. Bu quvvat charchoqdan shikoyat qiladigan - qattiq, og'riqli - sog'lom bo'lib, o'jar, sust, tez, zaif, kuchli qiladi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlik sizga yangi murakkab ishlab chiqarish kasblarini tezda o'rganishga imkon beradi; bu shuningdek uchuvchilar, kosmonavtlar va harbiylarni tayyorlashda hal qiluvchi omillardan biriga aylandi.
Jismoniy madaniyat va sport intellektual jarayonlarning rivojlanishiga hissa qo'shadi - diqqat, idrokning aniqligi, eslab qolish, ko'payish, tasavvur qilish, fikrlash, aqliy faoliyatini yaxshilash. Sog'lom, qotib qolgan, jismonan yaxshi rivojlangan o'g'il-qizlar, odatda, o'quv materiallarini yaxshi qabul qiladilar, maktabdagi darslarda kam charchaydilar, shamollash sababli darslarni qoldirmaydilar.
Jismoniy tarbiya ham shaxsni shaxs sifatida shakllantirishning eng muhim vositasidir. Jismoniy mashqlar sizni ongga, irodaga, axloqiy xarakterga, o'g'il va qizlarning xarakter xususiyatlariga ko'p jihatdan ta'sir o'tkazishga imkon beradi. Ular nafaqat tanadagi sezilarli biologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi, balki insonning ma'naviy dunyosini tavsiflovchi axloqiy e'tiqodlar, odatlar, didlar va boshqa jihatlarning rivojlanishini ko'p jihatdan aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |