Mavzu: Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamiyati



Yüklə 59,61 Kb.
səhifə9/10
tarix09.12.2022
ölçüsü59,61 Kb.
#73343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamiyati

yaxlit tipi unga moyil bo‘lgan shaxslarda jism qoldirgan umumiy taassurot, idrokning umumiy mazmuni, idrok umumiy xususiyatlarining yorqin ifodasi bilan xarakterlanadi. Idrokning bunday tipi bo‘lgan odamlar mayda-chuydalarga kamroq e’tibor beradilar. Ular ko‘proq yaxlitlikning ma’nosini ilg‘ab oladilar, ko‘pchilik tafsilotlar esa e’tiborsiz qolib ketadi.
Idrokning izchillik tipiga mos shaxslar, aksincha, qismlar va tafsilotlarni aniq ajratib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Ularning idroki, aynan, shunga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umuman olganda, jism yoki hodisa, idrok etilganlarning umumiy mohiyati orqa ko‘rinishga o‘tib ketadi, ba’zan esa, umuman sezilmaydi. Ularning hikoyalari doim tafsilotlar va xususiy qismlarni tasvirlashga to‘la bo‘ladi, buning orqasida yaxlitlikning mohiyati juda ko‘p hollarda yo‘qolib ketadi.
Idrokning ko‘rsatib o‘tilgan tiplari chetki qutblar uchun xosdir. ko‘pincha, ular bir-birini to‘ldiradi, chunki, ikkala tipning ijobiy xususiyatlariga tayanuvchi idrok samarali hisoblanadi.
 Idrokning tasviriy tipiga xos bo‘lgan shaxslar, ko‘rgan va eshitganlari bilan chegaralanadi, idrok etilgan hodisaning mohiyatini tushuntirishga urinmaydilar. Odamlar faoliyati, voqealar yoki qandaydir hodisalarning harakatlantiruvchi kuchlari ularning e’tiboridan chetda qoladi. Aksincha, idrokning tushuntiruvchi tipiga xos bo‘lgan odamlar bevosita idrokda beriladiganlar bilan qoniqmaydilar. Ular doim ko‘rgan yoki eshitganlarini tushuntirib berishga intiladilar. Hulq-atvorning bu tipi ko‘pincha idrokning sun’iy tipi bilan uyg‘unlashadi.
Idrokning ob’ektiv tipiga haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealarga qat’iyan muvofiqlik xosdir. Idrokning sub’ektiv tipiga mos  shaxslar esa ularga berilganlardan chetga chiqadilar va o‘zlaridan ko‘p narsa qo‘shadilar. Ularning idroki jismlarga nisbatan sub’ektiv munosabatga, avvaldan tarkib topgan taxminlarga asoslangan mulohazali munosabatni nohaq oshirib baholashga bo‘ysunadi. Bunday odamlar o‘z hikoyalarida idrok etganlarini emas, balki, bu haqdagi o‘zlarining sub’ektiv taassurotlarini, ayni damdagi his-tuyg‘ulari va kechinmalarini etkazadilar.
Individual farqlar o‘rtasida kuzatishdagi farqlash katta ahamiyatga ega.
Yüklə 59,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin