Mavzu: Shaxsning malaka va odatlari



Yüklə 217,2 Kb.
səhifə4/7
tarix28.12.2022
ölçüsü217,2 Kb.
#78046
1   2   3   4   5   6   7
shaxsning malaka odatlari

Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulasiya qonuni"ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologiyasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) bo’ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko’radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.

Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta'riflar tahlillarining keltirib o’tamiz. A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob'ekti ham sub'ektidir. A.N.Leont'ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga shunday ta'rif beradi: shaxs faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir. Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq. 1.Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi.


Yüklə 217,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin