Ta'kidlab o’tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o’tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. Qo’sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o’rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko’p xislatlari o’xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana) bo’lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo’q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o’ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo’riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo’lib ular bo’yicha nisbatan o’z tengqurlari o’rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo’lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, mitti odamlarga bo’ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o’ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto o’zlariga nisbatan tajovuzkorona yo’l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti o’zlari bilan bap-baravar bo’yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarak-atrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo’lar edi.
Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari Jahon psixologiya fanida shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin.Ularni quyidagi tizimda yaqqol ko’rish imkoniyatini beradi. Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlov-chilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o’zi biologik etilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq fanning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’yilgan.