Reja: Shaxs nazariyalari



Yüklə 18,25 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü18,25 Kb.
#125287
SHAXSNI PSIXODIAGNOSTIK BAHOLASH


MAVZU: SHAXSNI PSIXODIAGNOSTIK BAHOLASH.
Reja:
1.Shaxs nazariyalari.
2.Shaxsning psixologik tuzilishi.
3.Shaxs psixodiagnostikasida qo`llaniladigan metodikalar tavsifi .

Tayanch tushunchalar: Shaxs, inson, individ, individuallik, shaxs so`rovnomalari, internal nazorat, eksternal nazorat, xarakter, temperament.


Shaxs - ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo‘lmish individdir. Shaxs o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo`lgan, o`z e`tiqodi, qarash, munosabatlari, baholariga ega bo`lgan sub`ekt. Shaxs jamiyatda ma`lum holatni egallovchi, muayyan ijtimoiy rolni bajaruvchi ongli individ. SHaxsga taaluqli bo‘lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham sub’ekt bo‘lishlikdir. Quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanuvchi insonni shaxs deb atash mumkin:
 Ijtimoiy mavjudot bo’lish;
 Ong va o’z-o’zini anglashga ega bo’lish;
 O’zini aktiv faoliyatda namoyon qilish.
Psixologiyada shaxs tushunchasi bilan bir qatorda inson, individ,individuallik tushunchalari farqlanadi.
Inson tushunchasi barcha odamlarga xos bo`lgan insoniy xususiyatlar majmuyini o`z ichiga oladi. Bunda konkret insonda ushbu xususiyatlar bor yoki yoqligi ahamiyatga ega emas.
Individ – biologik, jismoniy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlarga ega bo`lgan alohida olingan inson.
Individ tushunchasiga insonni boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlar bilan bir qatorda barcha insonlarga xos bo`lgan sifatlarni ham kiritish mumkin.
 Individuallik – insonni boshqalardan ajratib turuvchi individlik va shaxslilik sifatlarini o`z ichiga oladi. K.K.Platonov bo`yicha shaxsning tuzilishi: Shaxs ko`p qirrali tushuncha bo`lgani sababli, uni ta`riflash hamda diagnostika qilish ham juda murakkab. Shaxs to‘g‘risida ma’lumot olish bo‘yicha psixodiagnostikada bir qator munosabat va mulohazalar mavjud bo‘lib, ularga ko‘ra turli usullar farqlanadi. Shaxs psixodiagnostikasida qo`llaniladigan metodikalarni 2 ta katta guruhga ajratish mumkin:
1.So`rovnomalar
. 2.Proyektiv metodikalar.
Shaxs so`rovnomalari – bu shaxsning alohida xususiyatlarini aniqlash va baholash uchun qo`llaniladigan metodik vositalar majmuidir. Ushbu metodning nazariy asosi – introspektcionizm hisoblanadi. So`rovnoma metodi birinchi bo`lib F.Galton tomonidan shaxs sifatlarini emas, balki insonning bilish sohasini baholash uchun qo`llanilgan (ko`rish idroki, aqliy obraz). XIX asr oxirlarida ushbu metod yordamida xotira (Bine, E.Kurt`e), umumiy tushunchalar (T.Ribo), ichki nutq (O.Sen-Pol) tadqiq qilingan. Shaxs so`rovnomalaridan biri amerikalik psixolog R.Vudvorts tomonidan 1919 yilda ishlab chiqilgan “Shaxs haqidagi ma`lumotlar blanki” dir. Ushbu so`rovnoma harbiy xizmatchilarning nevrotik simptomatikasini aniqlash va ularni xizmatchilar safidan chiqarish uchun mo`ljallangan. Akimova M.K. va Gurevich K.M. bo`yicha shaxs so`rovnomalarini quyidagicha tasniflash mumkin: Tipologik so`rovnomalar (MMPI,X.Shmishek xarakter aktsentuatsiyasi tiplarini aniqlash) Shaxs xususiyatlarini aniqlash so`rovnomalari(R.B.Kettel ) Motivlarni aniqlash so`rovnomalari Qiziqishlarni aniqlash so`rovnomalari Qadriyatlarni aniqlash so`rovnomalari Ustanovkalarni aniqlash so`rovnomalari. MMPI – (Minnesota Multiphasik Personality Inventory) Minnesot ko`p omilli shaxs so`rovnomasi 1941 yilda S.Xetuey va Dj.Makkinli tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu so`rovnoma norma va patologiyani aniqlash uchun mo`ljallangan. 16 dan 55 yoshgacha bo`lgan 700 nafar sinaluvchilarda standartlashtirilgan. Metodika 550 ta tasdiqdan iborat bo`lib, ularga “to`g`ri”, “noto`g`ri”, “aytish qiyin” tarzida javob berish so`raladi. 10 ta asosiy va yana 3 ta nazorat shkalasidan iborat:
 Depressiya shkalasi (ta`sirchanlik,o`zidan qoniqmaslik);
 Ipoxondriya shkalasi (sog`ligiga haddan ortiq etibor qaratish);  Isteriya shalasi (namoyishkoronalik);
 Psixopatiya shkalsi (ijtimoiy dezadaptatciya,o`zini tutolmaslik, agressivlik,ta`sirchanlik);
 Erkaklik va ayollik shkalasi (ayollik yoki erkaklik roli bilan identefikatciya);
 Paranoyallik shkalasi (egoizm,o`zidan mamnunlik);
 Psixoasteniya shkalasi(xavotirli, shubhali,o`z kuchlariga ishonmaslik);
 Shizoidlikni aniqash shkalasi(autistik tip);
 Gipomaniya shkalasi(sababsiz ko`tarinki kayfiyatda bo`lish,faollik,g`ayratlilk);  Ijtimoiy introversiya shkalasi(munosabatlarda tortinish, uyalish). X.Shmishekning aktcentuatsiya tiplarini diagnostika qilishga mo`ljallangan metodika. Ushbu metodika K.Leongardning xarakter aktsentuatsiyasi kontceptciyasi asosida yaratilgan. Bunda 10 ta tip ajratib ko`rsatiladi: 1.Namoyishkorona tip -boshqalarning diqqat markazida bo`lish;
2.Pedantik tip - haddan ortiq tartiblilik, qat`iyatsizlik, ehtiyotkorlik, o`zgarishlarga noqobillik;
3. Qotib qoluvchi tip (rigidlik) - kuchli barqaror affekt, emotsional kechinmalarni uzoq saqlanishi;
• 4. Qo`zg`aluvchan tip – impulsivlik;
• 5. Gipertim tip - doimo ko`tarinki kayfiyatning ustuvorligi;
• 6. Distim tip - gipertimning aksi, hayotning achchiq, qora tomonlariga etiborlilik, passivlik;
• 7. Xavotirli tip - omadsizliklardan cho`chish,kuchli xavotirlanish, tortinchoalik, o`z kuchlariga ishonmaslik;
• 8. Tsiklotim tip - gipertim va distim holatlarni doimiy almashinib turishi;
• 9. Ekzaltir tip - quvonchli holatlarga va qayg`uga kuchli reaktsiya ko`rsatish, haddan ortiq ta`sirchanlik;
• 10. Emotiv tip - yumshoq ko`ngillilik, dilkashlik,yuqori empatiya, yig`loqilik. Proyektiv texnikalar: Psixoanalizning asosiy tushunchasi ongsizlikdir. Dastavval, bu tushuncha shaxsning yashirin harakatlantiruvchi kuchi , organizmning yashirin tubidan harakat qiluvchi motiv deb qaralgan. Aql ongsizlikka nisbatan yashirin mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Ongsizlik sohasiga kirish, undagi yasharin tendentciyalarni tushunish uchun eksperiment davomida ongni o`ziga xos topshiriqlarni hal qilishga qaratish lozim bo`lgan. Bu esa shaxsda ongsizlikni ihtiyorsiz tarzda namoyon qilish imkonini yaratgan. Aynan mana shunday topshiriqlar proyektiv metodikalarga kiritilgan. Shaxsning yetukligi darajasini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri – mas’uliyatdir. Shaxsning muhim xususiyati birovlarga bog‘liq bo‘lmasligi, mustaqillik va o‘z maqsadlariga erishishda insonning faolligi, bo‘layotgan voqealarga nisbatan shaxsiy javobgarlik hissining rivojlanishidir. Ushbu xususiyatni o‘rganish metodlari dastlab XX asrning 60 yillarida AQSH da ishlab chiqilgan. Nazorat lokusi nazariyasi yaratilib, uning asoschisi amerikalik olim Dj.Rotter hisoblanadi. Unga ko‘ra har bir insonda ikki turdagi mas’uliyat kuzatiladi. Bular: 1. Internal nazorat lokusi. 2. Eksternal nazorat lokusi. Birinchi turdagi mas’uliyatda shaxs o‘zining hayotida ro‘y beradigan barcha hodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida o‘zini tan oladi. Bunday kishilarda internal nazorat lokusi ustunlik qiladi. Mas’uliyatlilikning ikkinchi turida undan farqli barcha ro‘y bergan va beradigan voqea va hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar hisoblanadi. Nazorat lokusining bu turi eksternal nazorat deb ataladi. Eksternallar mas’uliyatni boshqalar zimmasiga yuklashga moyildirlar. Internallar o‘z hayotlaridagi barcha yaxshi narsalarga o‘z kuchlari bilan erishadilar va kelajakda ham o‘z maqsadlariga muvaffaqiyat bilan erishishga qobil bo‘ladilar. Biroq shu bilan birga ular barcha salbiy hodisalar javobgarligini ham o‘z bo‘ynilariga oladilar, omadsizlik, azoblanishlarda o‘zlarini ayblaydilar. Bunday kishilar o‘z ishlarini tashkil qilishda o‘z harakatlarini muhim omil deb hisoblaydilar, jamoadagi munosabatlar, lavozimda ko‘tarilish faqat o‘zlariga bog‘liq bo‘ladi. Internallar oilaviy hayotdagi voqea va hodisalarga o‘zlarini mas’ul deb biladilar, oilaviy muammolar yuzaga kelsa, bunda turmush o‘rtoqlarini emas, avvalom bor o‘zlarini aybdor his qiladilar va o‘zlarini o‘zgartirishga harakat qiladilar. Bunday odamlar o‘zlarini boshqalar bilan norasmiy munosabatlarini nazorat qilishga qobil deb biladilar, o‘zlariga nisbatan hurmat, simpatiyani, muloqot doirasini faol qura oladilar. Internal ko‘p jihatdan salomatligiga ham o‘zi mas’ul ekanligini his qiladi. Agar betob bo‘lib qolsa, o‘zini ayblaydi va davolanish ham vrachga emas, o‘ziga bog‘liq deb hisoblaydi. Shunday qilib, internal uchun faol hayotiy pozitsiya, mustaqillik, o‘ziga nisbatan mas’uliyat hissi xosdir. Eksternallar esa aksincha, ko‘pincha passiv bo‘ladilar, ular uchun pessimizm xos bo‘lib, o‘zlariga hech narsa bog‘liq emas, hamma narsa tashqi sharoitlarga bog‘liq deb hisoblaydilar. Ular o‘zlarining muvaffaqiyati, yutuq va quvonchlarining ham sababchisi omad, taqdir yoki odamlarning yordami deb biladilar. 108 “Internal” tipidagi odamlar ko‘pincha hayotda “g‘olib”, eksternallar esa “mag‘lub” bo‘lib, ularning hayotiy ssenariylari ham, o‘zlari va boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatlari ham turlicha bo‘ladi (ssenariy – hayotiy reja). Strelyau test-so‘rovnomasi. Zamonaviy mashhur polyak psixologi Yan Strelyau Pavlov-Teplov differensial-psixofiziologik mohiyati asosida uchta asab faoliyati tarifini o‘lchab yo‘naltirilgan testni qayta ishlab chiqdi: asabiylashish, tormozlanish, harakatchanlik ( Strelyau YA.,1982). Test-so‘rovnoma 134-ta savoldan iborat bo‘lib, uch xil javob varianti keltirilgan. So‘rovnomani o‘tkazish uchun faqatgina standart qo‘llanma va javob varaqasi kerak bo‘ladi. Mazkur so‘rovnomani individual va guruhiy tarzda o‘tkazish mumkin. So‘rovnomadagi har bir savol testning ma’lum bir shkalasiga mos keladi: 45 ta savol – birinchi shkalaga, 44ta savol – ikkinchi shkalaga, 43 tasi – uchinchi shkalaga tegishli. Kettel testi. (16 PF- so‘rovnoma) Ko‘p omilli shaxs so‘rovnomasi 1949 yili R.B.Kettel tomonidan tuzilgan bo‘lib, hozirgi kunda ham psixodiagnostik amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu test sinaluvchi haqida ko‘proq jumladan, muloqotchanlik, aqliy funksiyalarning shakllanganlik darajasi, emotsional barqarorlik yoki beqarorlik, tobelik yoki mustaqil, hukmronlik, tortinchoqlik, ochiq ko‘ngillik va boshqa xususiyatlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. Ushbu testning qisqartirilgan varianti 105 ta savol va ularga keltirilgan mulohazalardan iborat bo‘lib, vaqt tanqisligi holatlarida juda qo‘l keladi. Testni qo‘llash vaqti 20-50 daqiqani tashkil etishi mumkin. Sinaluvchiga ko‘rsatma beriladi. Javoblar varqalari maxsus test kaliti orqali quyidagicha baholanadi: Kalitga mos kelgan “a” va “c” javoblar 2baldan, “b” javob esa 1 baldan baholanadi. Har bir keltirilgan savollar to‘plami javobidan biron-bir faktorning ahamiyati ochiladi. Faktor V bundan mustasno, bu to‘plamdagi barcha javoblar 1 baldan baholanadi. Shunday qilib, barcha faktorlar bo‘yicha maksimal bal 12 balni, V faktorda esa 8 balni tashkil etadi. 109 Glossariy Shaxs - o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo`lgan, o`z e`tiqodi, qarash, munosabatlari, baholariga ega bo`lgan sub`ekt. Inson tushunchasi barcha odamlarga xos bo`lgan insoniy xususiyatlar majmuyini o`z ichiga oladi. Bunda konkret insonda ushbu xususiyatlar bor yoki yoqligi ahamiyatga ega emas. Individ – biologik, jismoniy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlarga ega bo`lgan alohida olingan inson. Individ tushunchasiga insonni boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlar bilan bir qatorda barcha insonlarga xos bo`lgan sifatlarni ham kiritish mumkin. Individuallik – insonni boshqalardan ajratib turuvchi individlik va shaxslilik sifatlarini o`z ichiga oladi. Shaxs so`rovnomalari – bu shaxsning alohida xususiyatlarini aniqlash va baholash uchun qo`llaniladigan metodik vositalar majmuidir. Internal nazorat – shaxs o`zining hayotida ro`y beradigan barcha hodisalarning sababchisi, ma`suli sifatida o`zini tan olishi. Eksternal nazorat – bu nazorat turining asosiy jihati shu bilan xarakterlanadiki, bunda barcha ro` berayotgan voqea va hodisalarning ma`suli, sababchisi sifatida tashqi omillar, boshqa odimlar hisoblanadi.

Adabiyotlar:


1. Z.T.Nishonova va boshqalar. Psixodiagnostika. O’quv qo’llanma. T.: 2008 . 2. Z.T.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdieva. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur bo’stoni” – 2011.. 3. R.Y.Toshimov, E.G`.G`oziev. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. O’quv qo’llanma. T.: TDPU – 2004. 4. Rasulov A. Psixodiagnostika. T.: 2010. 5. E.G’oziyev. Umumiy psixologiya. T.:2012. 6. Бодалев А.А., Столин В.В. Общая психодиагностика. М.: 2001 110 7. Немов Р.С. Психология. 3-книга. М.: 2003. 8. Романова Э.С. Психологическая диагностика, Спб.: 2005.
Yüklə 18,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin