Shaxsning individual-psixologik sifati



Yüklə 56,67 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü56,67 Kb.
#178007
  1   2   3   4   5   6   7
Boshqaruv psixologiya asoslari


Boshqaruv psixologiya asoslari
Reja:

  1. Shaxsning individual-psixologik sifati.

  2. Shaxsning ijtimoiy-psixologik sifati.

  3. Mehnatni rag‘batlantirishning psixologik asoslari.




    1. Shaxsning individual-psixologik sifati.

Inson shaxsi va uning shakllanishi muammolari bilan pedagogika bilan bir qatorda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, genetika, tibbiyot kabi fanlar shug‘ullanadi.


Pedagogik va psixologik adabiyotlarda “Shaxs” tushunchasi “Inson” tushunchasidan farqlidir, birinchisi insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Inson hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Rivojlanish deganda, biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga tо‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir qiluvchi sabab va vositalarini bilish zarur.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bо‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil, muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi – shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Inson ijtimoiy tizimda asosiy bо‘g‘im, boshqaruv obyekti va subyektidir. Insonni doimo kimdir boshqaradi. О‘zini muvaffaqiyatli boshqarish uchun о‘z qiziqishlarining tavsifini, о‘z imkoniyatlari va turli vaziyatlarda nuqtai nazarini yaxshi bilishi lozim. Avvalo о‘z imkoniyatlarini, keyin esa ulardan foydalanish yо‘llarini anglab olgan bо‘lishi kerak. Ong insonning voqelikni tо‘g‘ri aks ettirish qobiliyati sifatida, insonning ijtimoiy-ruhiy vositalari yig‘indisi sifat faoliyati dasturini tuzish, yaqin va maqsadlar qо‘yish, ularga erishishga yordam berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, kishilarning bilimi rahbar kasbiy vakolatining kо‘rsatkichidir.
Kо‘pincha rahbarlar nutqida "inson", "shaxs", "individuallik" kabi sо‘zlar tez-tez uchrab turadi.
Inson ijtimoiy munosabatlar tizimiga qо‘shilganda va mustaqil faoliyat uchun arzigulik ijtimoiy sifatga ega bо‘lganda shaxs bо‘lib qaror topadi. Inson о‘z ehtiyojini qondirishga intilib shaxs turli mehnat va ijtimoiy faoliyat sohasiga kirib boradi. Bunda shaxsning ehtiyoji rang-barangdir. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
- biologik ehtiyoj: oziq-ovqat, havo, kiyim-kechak, harakat va h. k.larga bо‘lgan talab;
- ijtimoiy ehtiyoj: ijtimoiy faollik, shaxsning jamiyatda о‘z о‘rnini izlashi va h.k;
- ma’naviy ehtiyoj: tashqi dunyoni idrok etish, axborotlar (ilmiy, axloqiy, mafkuraviy va b.) olish.
Maslou bо‘yicha ehtiyojlar darajasi quyidagicha: fiziologik, xavfsizlik va muhofaza, tegishlilik va sevgi, о‘z-о‘zini qadrlash, о‘z-о‘zini faollashtirish (о‘z-о‘zini anglash).

Yüklə 56,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin