Melanxolik: haddan tashqari ta’sirchan, tezda kirishib ketadigan va arzimagan narsalarni ham kо‘ngilga oladigan; tang vaziyatlarda kо‘pincha sarosima holatga tushib qoladi, ezilish va zerikishlik kayfiyati unga xos; muvaffaqiyatsizlikdan qattiq qayg‘uradi. Turmushdagi о‘zgarishlarni sekinlik bilan о‘zlashtiradi va unga kо‘nikishi juda sust; uyatchan, chо‘chinqirab turadi va qat’iyatsiz hazil va uchuriqlarga odatda xavotirona munosabat kо‘rsatadi.
Shaxsning mehnat va ijtimoiy sohadagi faoliyatining muhiti va natijasini belgilovchi individual xususiyat bо‘lib, his-hayajon va sezgi, uquv va aqliy faoliyat, tabiat va iroda hisoblanadi.
Xis-hayajon - bu shaxsning atrof muhitga, odamlarga va о‘z-о‘ziga bevosita tashvish shaklida munosabatda bо‘lish usuli. Hayotdagi kо‘pgina vaziyatlar turli xis-hayajonlar yuzaga kelishi bilan bog‘likdir: ijobiy va salbiy, chuqur va yuzaki va h. k.
Sezgi - shaxsning biror narsa yoki hodisaga munosabatini ifoda etuvchi barqaror munosabatiga oid xis-hayajon. Sezgi quyidagicha bо‘lishi mumkin:
- ma’naviy - shaxsning о‘z va boshqa kishilarning xatti-harakatlari xususidagi ma’naviy kechinmalari jarayonlarida yuzaga chiqadi (ijtimoiy burch, vijdon, g‘urur, sevgi va b.);
- intellektual - shaxsning ijodiy idroklash ehtiyoji va manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq (eksperiment natijalaridan olimning xursand bо‘lishi yoki kо‘ngli tо‘lmasligi, konstruktorning yaratgan texnikaviy obyektidan mamnun bо‘lishi yoki kо‘ngli tо‘lmasligi va h. k.);
- estetik - shaxsning о‘zini qurshab turgan olamdagi va san’atdagi gо‘zalliklardan ta’sirlanishi belgilaydi.
Uquv - bu shaxsning tabiiy qobiliyatining rivojlangan holati. Uquv quyidagicha bо‘lishi mumkin:
- umumiy - diqqat, kuzatuvchanlik, eslab qolish, ijodiy tasavvur, mulohazalilik va b.;
- maxsus - tasavvuriy (chiziqlar, mutanosibliklar va boshqalarni sezish), matematik (abstrakt fikrlash, tahlil va sintezga moyillik), tashkilotchilik va boshqa xislatlar.
Bunday uquvlar insonni о‘qitish va tarbiyalash jarayonida belgilanadi, shuningdek uning faol mehnat va ijtimoiy faoliyati mobaynida shakllanadi.
Aqliy faoliyat: pragmatik ma’noda - bu hayotning mazmunini anglash, maqsad va vazifalarni belgilash, ularni hal etishning samarador usullarini izlash. Bu noaniqlikni kamaytirishga yо‘naltiriladi. Amerikalik shaxsshunos D. Kelli ta’kidlashicha insonlar asosan kelajakni kо‘zlaydilar: "о‘tmish emas ayni shu kelajak insonlarni xavotirga soladi. U hamisha "hozir" deb atalmish darcha orqali kelajakka intiladi".