Shekspir asarlarining nashr sanalari ularning na yozilgan va na sahnaga qo'yilgan vaqtiga to'g'ri keladi. Shekspir bir necha qismdan iborat asarlarining avval 2—3-qismlarini, keyin 1-qismini yozgan paytlar ham bo'lgan. Shuning uchun adabiyotshunoslar Shekspir ning dramaturgik ijodini 4 davrga bo'lib o'rganishni maʼqul ko'radilar: 1-davr — 1590-94, 2-davr 1594-1600, uchinchi davr 1600-1608, to'rtinchi davr 1609-1613-yillar.

. Shekspir dramaturgik ijodining 1-davrida doston, ilk tragediya („Tit Andronik“) va komediyalar („Xatolar komediyasi“, „Qiyiq qizning tiyilishi“)dan tashqari, „Genrix VI“ (2-qism, 1590), „Genrix VI“ (3qism, 1591), „Genrix VI“ (1-qism, 1592), „Richard III“ (1593) ilk xronikalarini yozgan. 2-davrida „Richard II“ (1595) „tragediyaga yaqin xronika“si, „Genrix IV“ (1qism, 1597), „Genrix IV“ (2-qism, 1598) va (1594), „Yoz tunidagi tush“, „Venetsiya savdogari“ (1596) romantik komediyalari hamda „Romeo va Julyetta“ (1595) tragediyasini yozgan. Uning „Yo'q joydan chiqqan g'avg'o“ (1598), „O'n ikkinchi kecha“ (1600) singari mashhur komediyalari ham shu davrda maydonga kelgan.
Dramaturg ijodining shoh asarlari — „Yuliy Sezar“ (1599), „Hamlet“ (1601), „Otello“ (1604), „Qirol Lir“ (1605), „Makbet“ (1606), „Antoniy va Kleopatra“, „Koriolan“ (1607) singari tragediyalar Shekspir ijodining 3-davrini tashkil etadi. „Genrix VIII“ (1613) xronikasi, „Qish ertagi“ (1611), „Bo'ron“ (1612) romantik drama va tragediyalari esa Shekspirning so'nggi davr ijodi mahsulidir.

Shekspir o'z asarlarini yaratishda Xolinshedning Angliya tarixiga oid syujetlarga boy „Angliya, Shotlandiya va Irlandiya xronikasi“dan samarali foydalangan.
Shekspir tarixiy tragediyalarining maydonga kelishida Plutarxning „Qiyosiy hayotnomalar“, komediyalarining yozilishida esa M. Bandelloning Italiyaning Uyg'onish davriga oid hikoyalari asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. „Romeo va Julyetta“, „Hamlet“, „Qirol Lir“ singari tragediyalarga asos bo'lgan syujetlar asosida Shekspirga qadar ham sahna asarlari yaratilgan. Lekin bu syujetlar Shekspirga xos ulkan dramaturgik mahorat tufayli jahonshumul fikr va g'oyalarni ifodalovchi o'lmas asarlarning yuzaga kelishida hayotiy manba vazifasini bajargan.