Shekspir pyesalardan tashqari she’rlar – sonetlar ham yaratgan. Uning besh jildli «Tanlangan asarlari» o‘zbek tilida chop etilgan. Albatta, Shekspir asarlarini o‘qish qiyin, lekin juda qiziqarli. Siz biroz katta bo‘lganingizda, uning she’r va pyesalarini o‘qib, teatrda uning asarlari asosidagi spektakllarni tomosha qilar ekansiz, shubhasiz, Shekspir jahondagi mashhur yozuvchilardan biri ekaniga ishonch hosil qilasiz

Shekspir ijodining 2-davrida poetik drama ustasi sifatida namoyon bo'lgan. U shu davrda qarama-qarshi qo'yish usullaridan voz kechmagan holda dramatizmga katta eʼtibor berib, tragik va komik motivlarni o'zaro uyg'unlashtirdi. Shuning natijasi o'laroq Shekspir ijodida („Rrmeo va Julyetta“, „Richard II“, „O'n ikkinchi kecha“) dramatik lirizm avj nuqtasiga erishgan. Shekspir ijodining 3-davrida tragediya janriga mansub asarlar yetakchi o'rini egallaydi. Dramaturg Uyg'onish davriga xos gumanizm va insonparvarlik g'oyalari bilan voqelikda tobora rivojlanib borayotgan xudbinlik, munofiqlik, yovuzlik o'rtasidagi ziddiyatni ko'rib, shu ziddiyatlarni o'z asarlariga konflikt sifatida jalb etadi. U xuddi shu davrda yaratgan tragediyalarida badiiy mahorat cho'qqisiga erishgan.
Shekspir, boshqa yozuvchilardan farqli o'laroq, o'z davri hayotidagi bunday ziddiyatlar, ijtimoiy hayot va kishilar taqdiridagi murakkabliklarni nozik his etgan hamda shu bilan kifoyalanib qolmay, jamiyat va inson hayotining qaltis nuqtasida yuzaga kelgan dramatizmni tasvirlashga alohida eʼtibor bergan. U haqiqiy dramaturg sifatida personajlarning u yoki bu xattiharakatlarini keltirib chiqargan ijgimoiy, maishiy, maʼnaviy va ruhiy sabablarni ochib tashlab, ularning har biriga o'z xulq-atvoridagi keskin o'zgarishlarni to'la asoslash yoki izohlash imkonini yaratgan.