Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi buxdupi maktabgacha ta’lim



Yüklə 50,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#174619
  1   2   3   4   5
501-503



501 

BOLALAR O‘YINIGA TARBIYACHINING RAHBARLIK QILISHI
BuxDUPI Maktabgacha ta’lim
kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD)., dotsent N.T.Tosheva 
BuxDU Xorijiy tillar fakulteti 3-bosqich talabasi 
N.Z.Qodirova
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi, o
‘yin mazmuni ta’lim-tarbiya 
beruvchi ahamiyati
, o‘yin faoliyati asosida boladagi bilish faoliyati rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: o‘yinda obraz, o‘yin harakati, so‘z, ijtimoiy-pedagogik, psixik taraqqiyot, o‘yinning 
g‘oyasi, individual, samarali rivojlanish.
O‘yin bolalarning qiziqarli ermagigina bo‘lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va 
tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik 
qilingandagina ijobiy natija beradi. 
Pedagog bolalar o‘yinini tashkil etar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi zarur:
a). O‘yin mazmuni ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo‘lishi;
b). Aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to‘g‘ri va to‘la bo‘lishi;
v). O‘yin harakatlari faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak; 
g). Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o‘yniga rahbarlik qilish;
d). O‘yinchoqlar va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o‘yinda
xayrixoh va xursand bo‘lishlarini ta’minlash lozim. 
Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga:
ongiga, his-
tuyg‘ulariga, irodasiga, xulqiga ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan 
tarbiyalashda foydalanishi lozim. 
O‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu 
rolni bajarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganda kishilar mehnati, 
ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning 
natijasida kattalarga savol boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. 
Bunda pedagogning to‘g‘ri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi. Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda 
ona-vatanga, o‘z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi.
O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to‘g‘rilik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni 
tarbiyalaydi. 
O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo‘lgan munosabatini shakllantiruvchi 
o‘ziga xos maktabdir. O‘yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini, mehnatga munosabatlarini, jamiyat 
mulkiga, boshqalarga munosabatlarini bilib oladi. 
Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin 
jarayonida bolalar o‘z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya 
qilishga o‘rganadilar. 
Ammo o‘yinga to‘g‘ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi 
bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o‘yindan keng foydalanadi. Juda ko‘pchilik o‘yinlar bolalardan 
faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o‘z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon 
aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasining to‘g‘ri o‘sishini, harakatlari 
chiroyli bo‘lishini ham ta’minlaydi. Ammo o‘yin pedagogning rahbarligisiz o‘z-o‘zidan jismoniy tarbiya 
vositasi bo‘lolmaydi, chunki ortiqcha harakat qilib yuborish yoki uzoq vaqt bir vaziyatda o‘tirish bolaning 
sog‘lig‘iga zarar keltirishi mumkin. Bundan tashqari, o‘yin paytida gigienik shart-sharoit tug‘dirish uchun 
alohida g‘amxo‘rlik qilish lozim.
O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning 
asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. 
O‘yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo‘llaniladi. Bolalar tevarak-atrofdagi 
hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar.
O‘yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari — xayol juda katta ahamiyatga 
ega. Bolalar juda ko‘p o‘yinlarda avval o‘rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. 
Bundan tarbiyachi bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi.

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin