Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi buxdupi maktabgacha ta’lim


Bolalarning o‘yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo‘linadi



Yüklə 50,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#174619
1   2   3   4   5
501-503

Bolalarning o‘yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo‘linadi.

Birinchi bosqich
bolalarning «yonma-yon» o‘yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik 
guruh bolalariga xosdir. Bunday o‘yinda bolalar o‘rtog‘ining o‘yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o‘ynab, 
«yonma-yon» o‘tirganlaridan xursand bo‘ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o‘yini kattalar rahbarligida ularning 
xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi. 
Ikkinchi bosqichda
bolalar o‘yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar 
qisqa muddatli bo‘ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o‘yinga qiziqishi aniq bo‘la boshlaydi, bir 
xil bolalar didaktik o‘yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o‘yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o‘yinlar 
ma’qulroq bo‘ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o‘yin bilan uzoqroq o‘ynashga 
o‘rgatishdir. 
Uchinchi bosqichda
o‘ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do‘stona munosabat va o‘zaro yoqtirish orqali 
birlashadilar. Birga o‘ynovchilar soni ko‘p bo‘lmasa-da, bolalar qiziqib o‘ynaydilar. Bu davrga kelib bir-
birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o‘yinda 
birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o‘zaro yordam, o‘rtoqlik, do‘stlik munosabatlarini 
shakllantirishi lozim. 
Bolalarning o‘yinlari qiziqarli, mazmunli bo‘lishi uchun o‘yinning hamma turlaridan o‘rinli 
foydalanilsa, bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishiladi. 
Tarbiyachining o’yin jarayoniga rahbarlik qilish metodikasini egallagan bo’lishi o’yinlarni 
muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o’yin faoliyatiga rahbarlik qilar ekan
bolalarni asta – sekin va “sezdirmasdan” qiziqarli o’yin vazifalarini bajarishda mustaqillik va topqirlik 
ko’rsatish, yuzaga kelgan o’yin vaziyatida chaqqon va intilib harakat qilish, o’rtoqlik yordami berish, hamma 
uchun umumiy bo’lgan maqsadga erishishga va bunday quvonishga o’rgatib boradi.
Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, 
haqqoniylikka, o‘rtoqlarini javobgarlikni sezishga asoslaigan munosabatlar o‘rnatishdan iboratdir. O‘yinni 
bolalar o‘z ixtiyorlari bilan o‘ynaydilar, ammo boshqa hech bir faoliyatda o‘yindagi singari bolalarning xulqi 
bilan bog‘liq bo‘lgan qat’iy qoida yo‘q. Bunday qat’iy qoida ijodiy o‘yinga ham, qoidali o‘yinga ham, qoidani 
bolalar o‘zlari o‘rnatadigan o‘yinga ham tegishlidir.

Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin