502
tarbiyalashning o‘yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o‘yinda bola yashashni o‘rgapmaydi,
balki o‘z hayoti bilan yashaydi».
O‘yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega
.
Nonushta bilan mashg‘ulot o‘rtasida bolalar o‘yiniga
8—10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘pincha avval boshlagan o‘yinlarini davom ettiradilar. Sayrda
bolalarning o‘ynashlari uchun 1 soat—1 soatu 20 daqiqa vaqt ajratiladi.
Kunduzgi uyqu va kechki
nonushtadan keyin ham bolalar o‘yiniga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko‘proq syujetli-rolli o‘yinlarni, qurilish
materiallari, qo‘g‘irchoqlar bilan, stol usti o‘yinchoqlari o‘ynashlari mumkin.
Shu bilan birga ermak
o‘yinlardan ham foydalaniladi.
Ammo o‘yin bilan ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik bola ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi.
Kichik guruhda
o‘yin ta’lim berishning asosiy shakli
hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg‘ulotlarda ta’limning roli
ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o‘zlarida maktabdagi o‘qishga ishtiyoq uyg‘onib qoladi.
Ammo bolalar uchun o‘yinning qadri yo‘qolmaydi, balki mazmuni o‘zgaradi. Endi bolalarni ko‘proq
fikriy faollikni talab etuvchi o‘yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o‘yinlar qiziqtira boshlaydi.
Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin
orqali
bolalar kattalarning
mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko‘nikmalari, harakat usullarini, axloq normalari va
qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O‘yinda bolaning o‘z tengdoshlari va kattalar bilan
bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
Dostları ilə paylaş: