1
O‘QUV MATERIALLARI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANINING
MA’RUZALAR MATNI
II - SEMESTR
II – jarayon ( Ma’ruza mashg‘uloti - 10 soat)
1-mavzu: Ijodiy o‘yin va uning turlari
Reja:
1.
O‘yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi
2.
Ijodiy o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlar turlari.
3.
Ijodiy o‘yinlarning bolalaga ta’lim berishdagi ahamiyati.
4.
Bolalar o‘yinlarida tasvirlash vositalari.
5.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar. Qurilish o‘yinlari
O‘yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o‘ziga xosligi
O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usulidir. O‘yin
kattalar hayotida muayyan o‘rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga
2
egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan.
U maktabgacha
yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’lim bilan
uzviy aloqada bo‘lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Bola
shug‘ullanadigan ko‘pchilik jiddiy ishlar o‘yin shaklida bo‘ladi. O‘yinda shaxsdagi
barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi,
o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin qadim
zamonlardan beri pedagog, psixolog,
faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar
diqqatini o‘ziga tortib kelgan bo‘lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va
uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchilik,
urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o‘sha davrdagi ba’zi
qabilalarning sholi sepish jarayoni o‘yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga
oshirilar edi. YA. Komenskiy, K.D. Ushinskiy, A.S. Makarenko, P.F. Lestgaflarning
g‘oyalari hozirgi zamon bolalar o‘yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir.
«Bolalar o‘yini ko‘p
asrlik tarixga ega, - deb yozgan edi K.D. Ushinskiy, - U
insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning
uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan»
Yan Amos Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga
to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘yin
- bolaning
barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq,
dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola
o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashadi. Y.A. Komenskiy o‘yinga quvnoq
bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar
o‘yinlariga e‘tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni
maslahat bergan edi. P.F. Lestgaft bolalar o‘z o‘yinlarida
tevarak-atrofdan olgan
taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta
ahamiyatga egadir. Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda
tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg‘or olim va pedagoglar o‘zlarining
kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.
3
Tarbiyachilar bolalar o‘yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim.
1. o‘yin bilan mehnat o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatish
2. o‘yinda bolalarning bo‘lajak mehnat ahliga xos bo‘lgan jismoniy va ruhiy
sifatlarini tarbiyalash. Shu tariqa o‘yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati
natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o‘yin doimo haqiqiy hayotni aks
ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi;
o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyat bo‘lib,
uning mehnat bilan
ko‘p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O‘yin
faoliyati asosida boladagi o‘quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o‘ynasa,
u maktabda shunchalik yaxshi o‘qiydi.
Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o‘yin bo‘lib,
u narsa-buyum-o‘yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo‘l ishidagi murakkab va nozik
harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o‘yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar
o‘yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi.
Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi
bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi
bilimlarni o‘z o‘yinlarida qo‘llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o‘yini mazmun
jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi
yoshdagi bolalar o‘yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo‘lidagi buyum
bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.
Navbatdagi bosqich rolli o‘yin bo‘lib, unda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan
kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar
o‘yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to‘g‘risidagi
ilmiy tasavvurlar
har xil yosh guruhlarida bolalarning o‘yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali
tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. Shunday qilib MTTning pedagogik
4
jarayonda o‘yinning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, o‘yindan maktabgacha yoshidagi
bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero:
- o‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon
bo‘ladi;
- o‘yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;
- o‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
- o‘yin bolalarga ta’lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o‘yin bolalarni o‘quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-
olimlarning olib borgan tadqiqotlari o‘yinga kompleks rahbarlik qilish orqali
bolalarga o‘yinning mazmuni, tashkil etilishi,
tuzilishi, bolalarning axloqiy
munosabatlari, bolalar o‘yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini
ko‘rsatdi. Bolalar o‘yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma-
xildir.