O‘quv materiallari maktabgacha pedagogika fanining ma’ruzalar matni



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/77
tarix20.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#145546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
SIRTQI 2-SEMESTR MAK PED (1)

 
Ijodiy o‘yinlar turlari 
Ijodiy o‘yinlarda bolalarning tevarak - atrofdan olgan taassurotlari aks ettiriladi. 
Ijodiy o‘yin bolalarning mustaqil o‘yini bo‘lib, o‘yinning mazmunini ular o‘zlari 
o‘ylab topadilar. Bu o‘yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va 



ijodkorlik qobiliyatlari to‘laligicha namoyon bo‘ladi. Ammo o‘yinda hayotiy 
taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu 
bolalarning o‘yin g‘oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi 
vositalarni tanlashlarida va shunga o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi. 
 
Syujetli - rolli o‘yin - maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o‘yin turlaridir. 
Syujetli - rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-
atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuniga 
manba bo‘lib xizmat qiladi. Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, 
kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o‘yinda qayta ishlanadi, to‘ldiriladi, 
sifat jihatidan o'zgartiriladi. Bolalarning bunday o‘yinlari tevarak-atrofdagi borliqni 
bilishning amaliy shaklidir. Bolalar o‘yininmg o‘ziga xos tomoni unda tasvirlovchi 
vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o‘yin jarayonida 
yuklangan rol va o‘yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan 
foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. O‘yinning syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador 
bo‘lgan qator voqea - hodisalar yig‘indisidir.
Rol syujetli - rolli o‘yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O‘yin bolada 
qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, 
unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. 
Bola o‘ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, 
ingichka taxta ustidan o‘tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo. Bu 
harakatlarning hammasini bola bemalol, o‘z xohishi bilan bajaradi, natijada 
bolaning muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo‘lib 
qoladi. Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o‘yin katta ahamiyatga 



ega. O‘yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Roll! o‘yinlar bola 
kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi. 
O‘yinda bola o‘z oldiga maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab 
qiladi, topag‘onlikka o'rgatadi. O‘yin jarayonida juda ko‘p gaplashishga, 
tortishishga, bahslashishga, aytib berishga to‘g‘ri keladi. Bolalar o‘zi yasayotgan 
narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko‘p o‘ylab, fikrlashishlariga to‘g‘ri 
keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim 
ahamiyatga egadir. Bola o‘z o‘yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni 
bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-
bola o‘yinida ona rolini o‘ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan 
yaxshi munosabatda bo‘lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o‘qib beradi. 
Bu o‘yin bolada muloy imlilik, g‘amxo‘rlik, e‘tiborlilik kabi yaxshi hislarni 
uyg‘otadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin